Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Isroil HAMAS yetakchisining “lokatsiya”si uchun katta mukofot eʼlon qildi – OAV

Isroil mudofaa kuchlari HAMASning Gʻazo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarning qayerda ekani haqidagi maʼlumot uchun 400 ming dollar mukofot puli taklif qiladi. Bu haqda “The Times of Israel” gazetasi xabar berdi. Ijtimoiy…

Isroil HAMAS yetakchisining “lokatsiya”si uchun katta mukofot eʼlon qildi – OAV

Isroil mudofaa kuchlari HAMASning Gʻazo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarning qayerda ekani haqidagi maʼlumot uchun 400 ming dollar mukofot puli taklif qiladi. Bu haqda “The Times of Israel” gazetasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shu haqdagi varaqalarning fotosuratlari eʼlon qilindi. Qayd etilishicha, nashr ularning haqiqiyligini tasdiqlay olmadi. Biroq, varaqalarda telefon raqami, tegishli maʼlumotlarni maxfiy ravishda taqdim etish mumkin boʻlgan Telegram-manzil keltirilgan.

Varaqada, shuningdek, harakatning janubiy brigadasiga rahbarlik qilayotgan, HAMAS yetakchisining ukasi Muhammad Sinvar haqidagi maʼlumot uchun 300 ming dollar mukofot puli ham koʻrsatilgan. Bundan tashqari, mukofot taklif etilayotgan shaxslar roʻyxatiga Xon Yunus shahridagi HAMAS bataloni qoʻmondoni Rafa Salame (200 ming dollar) va harakatning harbiy qanotining yana bir yetakchisi Muhammad ad-Deif (100 ming dollar) ham kiritilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil bir necha yillardan beri Salameni qidiradi. 2021 yilda TsAXAL uning Gʻazodagi uyini raketa zarbasi bilan vayron qilgan.
Ad-Deifni esa Isroil razvedka xizmatlari 25 yildan ortiq vaqtdan beri qidirmoqda. Gazetaning yozishicha, u bir nechta teraktlarni rejalashtirish va amalga oshirishda gumon qilinmoqda.

“Isroil bir necha yil davomida ad-Deifni oʻldirishga kamida yetti marta urindi. Birinchi urinish 2001 yilda boʻlib oʻtgan, ikkinchi urinish esa 2002 yilda sodir boʻlgan va u bir yildan soʻng uchinchi urinishda ham omon qola olgan. 2006 yilda u portlashda ogʻir yaralangan, biroq ikkala oyogʻi va qoʻlidan ayrilgan holda tirik qolgan. 2014 yilda oʻsha yili boʻlib oʻtgan Gʻazo urushi paytida Isroil yana ad-Deifni yoʻq qilishga urinib koʻrdi, biroq qoʻlidan kelmadi, uning oʻrniga xotini, yangi tugʻilgan oʻgʻli va uch yoshli qizi oʻldirildi”, deb yozadi “The Times of Israel”.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq “The Wall Street Journal” Isroil razvedka xizmatlari Gʻazodagi operatsiya yakunlanganidan soʻng butun dunyo boʻylab HAMAS yetakchilarini kuzatib borish va yoʻq qilishga tayyorlanayotganini xabar qilgandi.

Mavzuga oid