Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Isroil Hamasning taklifini rad etdi

Isroil Hamas harakatining garovga olingan 50 nafar shaxsni ozod qilish evaziga bir necha kunlik sulh taklifini rad etdi. Garovdagilar guruhi muzokaralarda vositachi boʻlgan Qatarga topshirilgan. Isroil bu taklifga…

Isroil Hamasning taklifini rad etdi

Isroil Hamas harakatining garovga olingan 50 nafar shaxsni ozod qilish evaziga bir necha kunlik sulh taklifini rad etdi. Garovdagilar guruhi muzokaralarda vositachi boʻlgan Qatarga topshirilgan. Isroil bu taklifga rasmiy rad javobini yoʻlladi.
Bu qaror harbiy vazirlar mahkamasining tungi majlisida qabul qilindi, deya xabar berdi Yediot Achronot. Mudofaa vaziri Yoav Galantning ushbu pozitsiyasini Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Isroil armiyasi bosh shtab rahbari Gersi Xalevi va xavfsizlik boshligʻi Ronen Bar qoʻllab-quvvatlangan. Oxir-oqibat, vazirlar Hamasga harbiy bosimning kuchayishi kelishuv imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi degan qaror qilishgan.
Channel 12 xabariga koʻra, qaror qabul qilinishidan avval “qizgʻin bahs-munozaralar” boʻlgan. Uchrashuvda Netanyahu bir muddat munozaralarni toʻxtatib, AQSH prezidenti Jo Baydenga qoʻngʻiroq qilish uchun tashqariga chiqqan va undan Qatarga bosim oʻtkazishni hamda ozod etilganlar sonini kamida 70 kishiga yetkazishni soʻragan. Baydenning elchisi Brett Makgerk bitimni muhokama qilish uchun shanba kuni Qatarga kelishi kutilmoqda, deb yozadi Yediot nashri.
Avvalroq Isroil tomonidan Gʻazoda genotsid jinoyati sodir etilganini tasdiqlovchi dalillar koʻp va shunga koʻra xalqaro advokatlar guruhi yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish boʻyicha soʻrov yoʻllamoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid