Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Istanbul aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Oʻzbekistonning…

Istanbul aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Maʼlum qilinishicha, Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.  

 Oʻzining xatti-harakatlari bilan shubha uygʻotgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat oʻtkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.  

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib oʻtishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yoʻlovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmokda.  

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar Oʻzbekiston fuqarolaridan 54 ta nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qoʻyilganlarni tashkil etgan.  

“Shu bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qoʻpol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan.  

Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va eʼtirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Oʻz oʻrnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga toʻliq rioya etishlarini soʻrab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yoʻqligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan oʻrgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi”, deyiladi Konsullik xabarida.

Mavzuga oid