Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

JSST Yevropada koronavirusning uchinchi toʻlqini boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Mamlakatlar infektsiyaga qarshi kurash uchun zarur infratuzilmani yaratmasa, Yevropada koronavirus tarqalishining uchinchi toʻlqini koʻtarilishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVID-19 boʻyicha maxsus elchisi…

Mamlakatlar infektsiyaga qarshi kurash uchun zarur infratuzilmani yaratmasa, Yevropada koronavirus tarqalishining uchinchi toʻlqini koʻtarilishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVID-19 boʻyicha maxsus elchisi Devid Nabarro Solothurner Zeitung nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi

«Evropaning pandemiyaga nisbatan javob choralari yetarli boʻlmadi. Ular birinchi toʻlqinni nazorat ostiga olganidan keyin, yoz oylarida zarur infratuzilmani qura olmadi. Hozir esa bizda ikkinchi toʻlqin. Agar ular hozir infratuzilmani qurmasa, kelasi yil boshida ular uchinchi toʻlqinga duch keladi», — deya ogohlantirdi Nabarro.Uning taʼkidlashicha, aytib oʻtilgan strategiyadan boshqa muqobil vosita yoʻqligini uning JSSTdagi hamkasblari doimiy ravishda takrorlashga majbur boʻlmoqda. Nabarroning soʻzlariga koʻra, har bir mamlakatda mahalliy darajada kasallangan odamlarni aniqlash jarayonini tashkillashtirish, shuningdek, yuqtirganlar zanjirini uzib, virusning mahalliy avj olishlarini tiyish zarur.«Koʻplab Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining vazifasi — izolyatsiyani joriy qilmasdan turib, virusni yana nazorat ostiga olish. Chunki bu favqulodda qoʻpol vosita. Bu sizga juda qimmatga tushadi», — deya aniqlik kiritdi JSST maxsus elchisi.JSST maʼlumotlariga koʻra, Yevropada kasallanish holatlari boshqa mintaqalarga nisbatan koʻproq qayd etilmoqda. Chunonchi, oʻtgan hafta koronavirusga chalinish holatlarining 46 foizi va oʻlim holatlarining 49 foizi Yevropa mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga, mintaqada kasallanish darajasi bir hafta ichida 10 foizga pasaydi, bunga karantin choralari sabab boʻldi.Nabarro Osiyodagi koronavirusga qarshi kurashish choralarini namuna qilib koʻrsatdi. U yerda odamlar ehtiyot choralariga, shu jumladan, niqob taqish va masofa saqlashga rioya qilmoqda. Uning aniqlik kiritishicha, u yerda hukumat va fuqarolar oʻrtasida toʻgʻri dialog yoʻlga qoʻyilgan, bundan tashqari, salomatlik va iqtisodiyotdan birini tanlashga toʻgʻri kelmaydi. «Osiyo mamlakatlarida har doim iqtisodiyotni yoʻlga qoʻyish uchun yaxshi salomatlik kerakligini aytishadi. ‘yoki u, yoki bu’ degan narsa yoʻq, faqat ‘u ham, bu ham’ degan narsa bor», — dedi Nabarro.Bundan tashqari, Sharqiy Osiyo strategiyasiga kasallanish holatlari kamayganda ham, qatʼiy choralarni saqlab qolish xosdir. Hukumat choralarni susaytirishga shoshmaydi va kasallanish holatlari barqaror tarzda pasayishini kutadi, dedi ekspert.Eslatib oʻtamiz, Seul, Inchxon va Kyongido shaharlari joylashgan Seulning poytaxt mintaqasida koronavirus infektsiyasining uchinchi toʻlqini boshlangani xabar berildi. Mamlakatda bir necha kundan buyon bir kecha-kunduzda 300 dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Mavzuga oid