Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Jurnalist va blogerlar gaz taʼminoti korxonasi faoliyati bilan tanishishdi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari viloyatda gaz taʼminotini yaxshilash va sohadagi oʻzgarishlar, aholiga…

Jurnalist va blogerlar gaz taʼminoti korxonasi faoliyati bilan tanishishdi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari viloyatda gaz taʼminotini yaxshilash va sohadagi oʻzgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami  558 973 ta gaz isteʼmolchilari mavjud. Shu jumladan, 107 230 aholi tabiiy hamda 462 310 nafari suyultirilgan gazdan foydalanadi.Press-tur ishtirokchilari dastlab yangi gaz quvurlari tortilgan Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida boʻlishdi. Aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida bu yerga gaz isteʼmoli uchun qariyb 1100 p/m gaz quvuri tortildi. Mahalla obodligi, aholi turmush farovonligi yoʻlida qilingan bu xayrli ishlar gulistonliklar uchun ajoyib yangilik boʻldi. Mahallada 860 ta xonadonni toʻliq gazlashtirish, birinchi bosqichda esa 260 ta xonadonni tabiiy gaz bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. Mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlariga gaz taʼminoti filialining qurilish boʻlimi ishchi kuchi va texnikalari jalb etilgan Barcha isteʼmolchilar xonadonida zamonaviy “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatib berildi.


Press-tur ishtirokchilari Termiz shahridagi “Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlishib, tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Maʼlum qilishicha, viloyatda 107 833 mingdan ziyod tabiiy gaz isteʼmolchilari xatlovdan oʻtkazilgan. Isteʼmolchilarning 85 442 nafari hovli uylarda istiqomat qilsa, 22 391 nafari koʻp qavatli uylarda tabiiy gazdan foydalanadilar. Surxondaryoda gaz hisoblash uskunalarini oʻrnatish ishlari 2020 yilning may oyida boshlangan va bugungi kunda ushbu jarayon oʻz nihoyasiga yetmoqda. Hozirgacha butun viloyat boʻyicha 107 mingdan ortiq hisobdonlar oʻrnatildi. Loyihani birinchi bosqichida 107 ming 151 ta hisoblagich oʻrnatilishi belgilangan boʻlib, loyihani amalga oshirish davomida yana qoʻshimcha 9 643 dona isteʼmolchi aniqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududigacha gaz quvurlarni tortish belgilangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm boʻlgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmogʻi qurilishini taʼminlash topshirigʻi berilgan edi. Mazkur obʼektning loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilib, shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi DUKning Surxondaryo viloyati filialidan ekspertizadan oʻtkazilgan.


Hozirgi kunga qadar ushbu obʼektda “Hududgaz Surxondaryo” GTF mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-24 km.dan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi. Termiz shahar aholisini tabiiy gaz bilan taminlash maqsadida rejada D-219 mm L-5.6 km gaz quvurlarini tortish koʻzda tutilgan boʻlib, shundan hozirgi kunda L-3.6 km qismini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur obʼektlarning qurilishi yakuniga yetgach Termiz shahar aholisini yaʼni, shaharning “Guliston”, “Kattabogʻ”, “Guliraʼno”, “Surxon Sohili”, “Majnuntol”, “Yulduz”, “Bogʻishamol”, “Manguzar”, “Chegara”, “Kokildorota”, “Namuna”, “A.Navoiy”, “Tinchlik”, “Joʻyjangal”, “Maʼrifat”, “Mehrabod” mahallalarni barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlashga erishilib, 10 mingtaga yaqin koʻp qavatli va hovli uylar hamda koʻplab ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz taʼminotini yaxshilanishiga erishiladi. Joriy yilda viloyat hududida 5,5 km gaz quvurlarini rekonstruktsiya qilish, 10 dona gaz taqsimlash qurilmalarining mukammal taʼmiri rejalashtirilgan.

Filial tasarrufidagi 70,26 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, hozirgacha 36,5 km quvurlar sinaldi va tozalandi. 70,26 km gaz quvurlarini yer osti gaz quvurlarini holatini asboblar yordamida tekshirish rejalashtirilgan va shu kungacha 70,26 km gaz yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. 220 km uzunlikdagi gaz quvurlarini boʻyoqlash ishlari bajariladi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida viloyatdagi 30 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida taʼminotni yanada yaxshilash va suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha ishlar belgilab olingan. Jumladan, 6,3 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarini qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib bugungacha 4,9 km qismi taʼmirlandi va rekonstruktsiya qilindi.
Press-tur ishtirokchilari shuningdek Denov hamda Boysun tumanida aholi xonadonlari, iqtisodiyot va ijtimoiy soha inshootlarini gaz taʼminoti bilan taʼminlash ishlarini ham koʻzdan kechirishdi.


Dinora Samadova, “Asrnews. uz” veb sayti muxbiri.

Mavzuga oid