Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kamol Muhtorov O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi yangi doimiy vakili bo‘ldi

O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi doimiy vakili etib tayinlangan Kamol Muhtorov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. Kamol Muhtorov Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik…

Kamol Muhtorov O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi yangi doimiy vakili bo‘ldi

O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi doimiy vakili etib tayinlangan Kamol Muhtorov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Kamol Muhtorov Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 2007 yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.

Kamol Muhtorov 2018-2023 yillarda YUNЕSKOdagi doimiy vakillikni boshqargan va iyul oyida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiyev o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid