Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Kolorado sudi Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

AQShning Kolorado shtati Oliy sudi Donald Trampni 2024 yilda AQSh prezidentligiga nomzodlar roʻyxatidan chiqarib tashlash haqida qaror chiqardi. Bunga sobiq prezident tarafdorlari 2021 yilning 6 yanvar kunida saylovdagi…

Kolorado sudi Trampga prezidentlik saylovida qatnashishni taqiqladi

AQShning Kolorado shtati Oliy sudi Donald Trampni 2024 yilda AQSh prezidentligiga nomzodlar roʻyxatidan chiqarib tashlash haqida qaror chiqardi. Bunga sobiq prezident tarafdorlari 2021 yilning 6 yanvar kunida saylovdagi magʻlubiyat uchun eʼtiroz bildirishga urinib, Kapitoliyga bostirib kirgani sabab boʻlgan. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Sud bu qarorni “qoʻzgʻolon yoki qoʻzgʻolon bilan shugʻullangan amaldorlarning davlat lavozimlarini egallashini taqiqlovchi” konstitutsiyaviy qoidaga asoslanib qabul qildi. Qayd etish kerakki, Donald Tramp bunday jazoga loyiq koʻrilgan AQSh tarixidagi prezidentlikka nomzodlar orasida birinchi shaxsga aylandi.
Shtat Oliy sudi kichik ovoz farqi bilan (4 rozi, 3 norozi), “2024 yilgi Respublikachilar partiyasidan nomzod boʻlgan daʼvogarni AQSh hukumatiga qarshi zoʻravonlikni qoʻzgʻatishdagi roli tufayli saylov byulletenida nomzod sifatida koʻrsatilishini taqiqlaydi”, deb topdi.

Sud qarori faqat Koloradoda, 5 mart kuni boʻlib oʻtadigan Respublikachilar partiyasining praymerizlariga taalluqlidir, biroq bu qaror Trampning 5 noyabrda boʻlib oʻtadigan umumiy saylovdagi obroʻsiga ham taʼsir qilishi mumkin.
Qarorning kuchga kirishi keyingi oy apellyatsiya berilgunga qadar kechiktirildi.
Trampning saylovoldi kampaniyasi sud qarorini notoʻgʻri va nodemokratik deb atadi va AQSh Oliy sudiga shikoyat qilishini bildirdi.

Mavzuga oid