Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Majburiy ijro byurosi tomonidan “Obodonlashtirish Denov” MChJ ning murojaati oʻrganildi

Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Obodonlashtirish Denov” MChJ rahbarining sud qarori ijrosi yuzasidan yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi. Aniqlanishicha, Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 6 may…

Majburiy ijro byurosi tomonidan “Obodonlashtirish Denov” MChJ ning murojaati oʻrganildi

Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Obodonlashtirish Denov” MChJ rahbarining sud qarori ijrosi yuzasidan yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 6 may kunidagi qarzdor Denov tuman hokimligidan undiruvchi “Obodonlashtirish Denov” MChJ foydasiga jami 521 million 415 ming 700 soʻm qarz undirish toʻgʻrisidagi ijro xujjati Byuroning Denov tuman boʻlimi ish yurituviga joriy yilning 15 iyun kuni qabul qilinib majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, byudjet tashkilotlarning hisob raqamlari markazlashgan tartibda Gʻaznachilik organlarida yuritilishi bois Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalariga asosan qarzdor Denov tuman hokimiyatining yagona gʻazna hisob varaqalarini xatlash yuzasidan tuman gʻaznachilik boʻlimiga talabnoma yuborilgan.
Bundan tashqari, qazdor Denov tuman hokimligi hisobidan undirilgan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 78, 80-moddalari talablari asosida taqsimlanadi.
Hozirda ijro hujjati boʻyicha qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, mazkur ijro ishi yuzasidan murojaat muallifiga Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyati boshqarmasi

Mavzuga oid