Mening mahallam-mening sudyam
Boysun tumanidagi “Mustaqillik” MFY binosida fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi xodimlari bilan mahalla faollari oʻrtasida 2021 yil 27 aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi…
Boysun tumanidagi “Mustaqillik” MFY binosida fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi xodimlari bilan mahalla faollari oʻrtasida 2021 yil 27 aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida” gi qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi O.Berdiyev soʻzga chiqib, yigʻilganlarga mazkur qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining maqomi, vakolatlari, sudni saylash tartibi, sudyaning vakolat muddati, sud xujjatlari va talablarining majburiyligi, sudning faoliyat tartibi va boshqa bir qancha tartiblar belgilab berilganligini aytib oʻtdi.
Shuningdek, oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlariga birma-bir toʻxtalib, ularning mohiyatini batafsil tushuntirdi.
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy xujjatlarning Oʻzbekistogn Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi;
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning xolati toʻgʻrisida axborot taqdim etishi belgilangan.
Konstitutsiyaviy sudning davlat, hukumat va davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladigan qonun, qaror, farmoyish va boshqa qonun xujjatlarini Konstitutsiyamizga muvofiqligini nazorat qilishda oʻrni katta hisoblanadi.
Davra suhbati ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.