Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Moldova armiyani modernizatsiya qilmoqchi

Moldova armiyani modernizatsiya qilmoqchi Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakat Milliy armiyasi kuni munosabati bilan oʻz tabriklarida ichki resurslar va “strategik sheriklar” yordamida qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish…

Moldova armiyani modernizatsiya qilmoqchi
Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakat Milliy armiyasi kuni munosabati bilan oʻz tabriklarida ichki resurslar va “strategik sheriklar” yordamida qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish haqida gapirdi. Uning soʻzlarini Noi.md portali keltirmoqda.

“Endi biz mudofaa sohasining eʼtiborsiz qolgan davrini qoplash ustida ishlayapmiz. Joriy yilda ichki resurslarni safarbar qilish va strategik sheriklar yordamiga tayanib, mudofaa kompleksini modernizatsiya qilish uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni sezilarli darajada oshirishga erishdik”, — dedi Sandu.

Moldova prezidenti Milliy armiya harbiy xizmatchilari oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun zamonaviy texnika va yuqori sifatli tayyorgarlikka ega boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Mavzuga oid