Moschino brendining yangi direktori tayinlovdan 10 kun oʻtib vafot etdi
Italiyaning Moschino moda brendining yangi kreativ direktori Davide Renne 46 yoshida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib Daily Front Row xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Renne Milanda vafot etgan.…
Italiyaning Moschino moda brendining yangi kreativ direktori Davide Renne 46 yoshida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib Daily Front Row xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Renne Milanda vafot etgan. Oʻlimga yurak xuruji sabab boʻlgan. Moschino ijodiy direktorining oʻlimi haqida boshqa tafsilotlar berilmagan.
Gucciʻda uzoq yillar ishlagan Davide Rennening Moschino kreativ direktori lavozimiga tayinlangani shu yilning oktyabr oyida maʼlum boʻlgan edi.
Davide Renne 1-noyabr kuni rasman oʻz lavozimiga kirishgandi. U oʻzining debyut kolleksiyasini — 2024-yil fevral oyida Milan moda haftaligida taqdim etishi kerak edi.