Moskvadagi teraktda halok boʻlganlar soni 143 nafarga yetdi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 22 mart kuni Crocus City Hall kontsert zalida sodir etilgan terakt natijasida halok boʻlganlarning yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. 27 mart soat 20:15 holatiga koʻra, roʻyxatda 143…
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 22 mart kuni Crocus City Hall kontsert zalida sodir etilgan terakt natijasida halok boʻlganlarning yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. 27 mart soat 20:15 holatiga koʻra, roʻyxatda 143 nafar shaxs bor edi.
Taʼkidlanganishicha, roʻyxat Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlarini aks ettiradi va sud-tibbiyot ekspertizasi maʼlumotlari asosida tuzatiladi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kontsert zaliga uyushtirilgan hujumda 360 kishi, jumladan, 11 bola ham tan jarohati olgan.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi jabrlanuvchilardan ularning qarindoshlari yoki doʻstlarining terrorchilik hujumi natijasida “yoʻqolib qolgani” haqida 143 ta bayonot olganini maʼlum qildi.
22 mart kuni Moskvadagi Crocus City Hall binosida terakt sodir boʻldi. Hujum uchun javobgarlikni IShID oʻz zimmasiga oldi. FSB 11 gumondorning hibsga olingani, ulardan 8 nafari 22 maygacha hibsga olingani haqida xabar berdi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, ulardan besh nafari Tojikiston fuqarolari, yana ikki nafari Rossiya fuqaroligini olgan respublika fuqarolari, yana bir nafari esa Rossiya fuqaroligini olgan Qirgʻiziston fuqarosi.