Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Muntazam qalampir isteʼmol qilgan rossiyalik erkak vafot etdi

Volgograd viloyatida yashovchi Yuriy Kruchinin dunyoning eng achchiq qalampirini muntazam isteʼmol qilgani sababli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. “Carolina Reaper” nomli chili qalampiri AQShda ishlab…

Muntazam qalampir isteʼmol qilgan rossiyalik erkak vafot etdi

Volgograd viloyatida yashovchi Yuriy Kruchinin dunyoning eng achchiq qalampirini muntazam isteʼmol qilgani sababli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

“Carolina Reaper”  nomli chili qalampiri AQShda ishlab chiqilgan va hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida kiritilgan. 58 yoshli Kruchinin uni bozorda buyurtma qilgan va bir oy davomida isteʼmol qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Kruchininning yaqin qarindoshlari boʻlmagan va uning doʻstlari internetdan foydalanib, erkakning jiyanini topishga muvaffaq boʻlgan. U kelib, Yuriyni dafn etishga yordam bergan.

Mavzuga oid