Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi yoxud jinoyatga qoʻl urgan ayol
Xalqimizda shunday naql bor, “Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi”. Xatirchilik S.Norovaning (ismi sharifi oʻzgartirilgan) ozodlik va erkinlikning qadriga yetmay, nafs yoʻlida sodir qilgan qilmishi, uni ozodlikdan…
Xalqimizda shunday naql bor, “Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi”. Xatirchilik S.Norovaning (ismi sharifi oʻzgartirilgan) ozodlik va erkinlikning qadriga yetmay, nafs yoʻlida sodir qilgan qilmishi, uni ozodlikdan mahrum qilinishiga sabab boʻldi.
S.Norova 2021 dekabr oyida gʻarazgoʻylik va boshqa past niyatlarni koʻzlab, oʻzining 2016 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan oʻgʻil farzandini moddiy qiymatliklar, yaʼni Navoiy shahridan uy va yangi avtomashina evaziga sotishni rejalashtirib, tezkor tadbirga jalb qilingan xaridor D.T.ga sotishga kelishib, D.T.dan kelishilgan pulning 90 000 000 soʻmini olayotganida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlanadi.
S.Norovaga nisbatan tergov organi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi,
2022 yil 1 aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan koʻrib chiqildi.
Aybdorning qilmishi oʻzining iqrorlik koʻrsatmasi, pullarni koʻzdan kechirish, kimyoviy ishlov berish va ovoz yozish diktofonini fuqaroga berish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, voqea joyini koʻzdan kechirish hamda ashyoviy dalillarni olib qoʻyish haqidagi bayonnoma, soʻzlashuvlarni eshitib koʻrish haqidagi bayonnoma va ekspertiza xulosasi bilan tasdqilandi.
Sud tomonidan S.Norova Oʻzbekiston Respublikasi JK 135-moddasi
3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga shu modda bilan Jinoyat kodeksining
57-moddasi qoʻllanib, 4 (toʻrt) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va sud zalidan qamoqqa olindi.
Xulosa shuki, S.Norova tinch va osoyishta hayot qadrini anglab yetadi va tuzalish yoʻliga oʻtadi deb hisoblaymiz.
Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudining raisi