Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Ochik eshiklar kuni”

Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda “9 dekabr-Halqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Aksilkoruptsiya haftaligi doirasida “Surxondaryo hududiy…

“Ochik eshiklar kuni”

Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda “9 dekabr-Halqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Aksilkoruptsiya haftaligi doirasida “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “Ochik eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Termiz shaxar prokuraturasi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi, “Oʻzenergoinspektsiya” Surxondaryo hududiy boʻlimi, “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ masul xodimlari, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari, professor-oʻqituvchilari, hamda OAV ishtirok etdilar.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning korruptsiya haqidagi bilimlarini mustahkamlash, korruptsiogen huquqbuzarliklar yuzasidan xabardorligini oshirish, ushbu illatga qarshi kurashishda faolligini kuchaytirishdan iborat.

Ayni maqsadda “Surxondaryoda XETK” AJ tomonidan yosh ishtirokchilar uchun korruptsiyaning nechogʻli xavfli illat ekaniga oid “Korruptsiya- rivojlanishiga tusik” mavzusida video rolik namoyishi boʻlib oʻtdi.

Mutaxassislar tomonidan korruptsion holatlarning salbiy oqibatlari haqida bildirilgan fikr va mulohazalar yoshlarning ushbu ijtimoiy illat yuzasidan qarashlarini zarur tushuncha va koʻnikmalar bilan yanada boyitdi.

Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati

Mavzuga oid