Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻgʻirlik jinoyati tushunchasi, javobgarlik asoslari va uni oldini olish choralari

Oʻzbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har…

Oʻgʻirlik jinoyati tushunchasi, javobgarlik asoslari va uni oldini olish choralari

Oʻzbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz konunga xilof deb hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3-boʻlimida oʻ[SPiT:
1.Jinoyat turlari / Oʻgʻrilik]
gʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish koʻrsatilgan boʻlib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan.
Oʻgʻrilik:
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʻlsa,
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan.
Oʻgʻrilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;
v) koʻp miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa,
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
Oʻgʻrilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa,
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb koʻrsatilgan
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda mamlakatimizda sud-huquq islohotlari oʻzining avj pallasida boʻlib, nafaqat sud sohasida, balki boshqa huquq-tartibot idoralari tizimida ham zamon talablaridan va hozirgi globallashuv jarayonlari jadal kechayotgan bir davrda yuzaga kelgan real vaziyatdan kelib chiqqan holda keng qamrovli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda va pirovardida bularning barchasi davlatimizning taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji va xalqimiz manfaatiga xizmat qilmogʻi lozim.

JIB Termiz shahar
sudining sudyasi A.Boybilov

Mavzuga oid