Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻgʻirlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatning oldini olish choralari

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil qiladi. Mulk mutloq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qoʻriqlanadi, unga nisbatan har…

Oʻgʻirlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatning oldini olish choralari

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil qiladi. Mulk mutloq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qoʻriqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 10 bobida oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlariga taʼrif berilib, ushbu Kodeks 164-169 moddalarini oʻz ichiga oladi.
Jumladan Jinoyat kodeksi 169-moddasi oʻgʻrilik jinoyatini oʻz ichiga oladi. Oʻgʻrilik deganda, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishdan iborat gʻayri ijtimoiy xavfli qilmish tushuniladi.
Obʼektiv tomonidan talon-taroj qilishning shakli sifatidagi oʻgʻrilik oʻzgalar mol-mulkini yashirincha oʻziniki qilib olish bilan tavsiflanadi. Talon-taroj qilish mulkni tasarruf qiluvdan yoki mulkni qoʻriqlab turgan shaxsdan, shuningdek boshqalardan yashirin sodir etilsa, yashirincha deb ataladi.Yashirinchalik oʻgʻrilikning muqarrar belgisi ekanligi jinoyat sodir etilgan joyda yoki uning yaqinida jinoyatchidan boʻlak boshqa shaxsning boʻlmasligini bildirmaydi. Agar oʻgʻrilik sodir etayotgan shaxsning qilmishini boshqalar kuzatib turgan xolatlarda mazkur harakat oʻgʻrilik boʻlmay qoladi. Ayni paytda mulk oʻgʻirlanishini koʻrib turgan kishilar mazkur harakatni oʻgʻrilik sifatida qabul qilmasliklari xam mumkin. Yaʼni oʻgʻrilik shunday shaxslar koʻz oʻngida sodir etilishi mumkinki, aybdor mazkur kishilarning sodir boʻlayotgan voqeaning chinakam moxiyatiga tushunib yetmasliklarini biladi (masalan, yoshi kichiklar yoki ruhiy kasallikka chalinganlar shular jumlasidandir). Oʻgʻrilik yashirinligining hal qiluvchi belgisi aybdor oʻz qilmishining boshqalardan yashirin sodir etayotganligiga ishonchidir, yaʼni aybdor oʻzi oʻgʻrilagan mulkning egasi va bunday qilmishni kuzatib turganlar uing qilmishini koʻrmaydi, deb oʻylaydi. Shu bois talon-taroj qilishni yashirincha deb topish lozim, chunki aybdor boshqalarning nazariga tushganda ham yashirin harakat qilayotganligiga ishonadi.
Statistik maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki Surxondaryo viloyati hududida 2020 yilga nisbatan oʻgʻrilik bilan bogʻliq jinoyatlar salmoqli ravishda ortgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining ish yurituvida hozirgi kunda koʻrilayotgan ishlarning koʻp qismi oʻgʻrilik jinoyatini sodir qilgan shaxslarga nisbatan koʻrilmoqda.
Statistik tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2021 yilda oʻgʻrilik jinoyati bilan sudlangan jami 380 nafar shaxsning, 22 nafariga jarima, 99 nafariga axloq tuzatish ishlari, 129 nafariga ozodlikni cheklash, 130 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan boʻlib, 16 nafar shaxsga nisbatan shartli hukm qilinib, sinov muddati belgilangan, 5 nafariga boshqa asoslarga koʻra hukm chiqarilgan.
Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari kunda tuman sudi tomonidan koʻrilayotgan bu toifadagi jinoyat ishlarining sodir qilgan shaxslar doirasi oʻrganilganda ular orasida, 66 nafar ayollar, 60 nafar ayollar, 4 nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar, 3 nafar chet el fuqarosi, 1 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs, 1 nafar tadbirkorlik subekti tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Bundan tashqari jami koʻrib tomomlangan ishlarda 313 nafar yoshlar (14-30 yoshgacha) tomonidan sodir qilingani achinarli xoldir.
Naxotki ota-onalar, qoʻni-qoʻshni, mahalla, maktab oʻqituvchilari oʻgʻil va qizlarimiz nima bilan mashgʻul ekaniga koʻproq qiziqishmaydi, farzanlarimizda turli zararli odat yoki qiziqishlar paydo boʻlishini kuzatmasligimiz, beeʼtibor va loqayd munosabatda boʻlishimiz yoshlarni jinoyatga qoʻl urishiga sabab boʻlmoqda.
Yuqoridagi kabi xolatlarni olish boʻyicha joylarda huquqiy targʻibot ishlarini kuchaytirish, yoshlar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borish, yoshlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, mazkur toifadagi jinoyat ishlarini sayyor sud majlislarida koʻrib chiqishni yoʻlga qoʻyish lozim boʻladi.

J.Xudoyberdiyev,
Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi

Mavzuga oid