Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oila ulugʻ, nikoh muqaddas

Konstituttsiyamizning 63-moddasida belgilab qoʻyilganidek, “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlishi huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”.…

Oila ulugʻ, nikoh muqaddas

Konstituttsiyamizning 63-moddasida belgilab qoʻyilganidek, “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlishi huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”.

Maqola muqadamasidayoq oila totuvligining mezoni boʻlgan ushubu konstituttsiyaviy tamoyilni keltirishimiz bejiz emas. Chunki konstituttsiyamizning alohida bir bobi oilaga bagʻishlangani ushbu konstituttsiyaviy institutning ijtimoiy maqomi Asosiy konstituttsiyamizda ustuvorlik kasb etganidan dalolat beradi.
Oila jamiyat tayanchi sifatida yurt iqboli va istiqbolini belgilaydi. Jamiyatimizning ana shu asosiy boʻgʻini barcha ezgu qadriyatlar, xayrli niyat va maqsadlar, farovonlik odimlari undan boshlanib, har bir oiladagi ahillik, hamjihatlik, yaratish va bunyodkorlik, viloyatlar, shahar va tumanlar,mahalllalar pirovardida mamlakat ravnaqi va saodatini belgilaydi.
Shuning uchun ham oila muqaddas hisoblanadi. Har bir oilada totuvlik barqaror boʻlishi, oilalarning mustahkam baxt-iqbol qoʻrgʻoniga aylanishi, Vatan ichra ushbu moʻʼjaz oshiyonlarda avlodlar bardovomligi va ularning oqilu komil, el xizmatiga kamarbasta qobil insonlar boʻlib ulgʻayishi qoʻplab omillarga bogʻliq.
Bu omillarning eng birinchi nikohning qonuniy rasmiylashtirilishidir. Zotan, qonuniy nikoh taraflar, yaʼni er va xotin zimmasiga muyyan huquq va majburiyatlar yuklaydi.
Nikoh hatto qaynota-qaynona, qudalar, yaqin qarindoshlar zimmasiga ham masʼuliyatni yuklaydi, desak, yanglishmaymiz. Chunki ularning nikohning qonuniy rasmiylashtirilganligi sababli yana bir oila bunyod etilganini his qilib, umr rishtalarini bogʻlab, axdu paymon qilib, oltin ostonaga qadam qoʻygan farzandlari- zurriyodlarining mustahkam qoʻrgʻoni barpo etishlari uchun astoydil intiladilar.
Umuman, qonuniy nikohning jamiyat tayanchi va istiqboli boʻlgan oilalar mustahkamligini taminlash va unda ahil-inoqlik barqaror boʻlishidagi ahamiyati katta.
Afsuski, shunga qaramay hayotimizda qonuniy nikoh ahamiyatini yetarli darajada anglamay yoki bila turib, sharʼiy nikoh oʻqish holatlari uchrab turibdi bu esa, kelgusida oilaviy hayotla er yoki xotin manfaatlari muhofazasida muammolarni vujudga keltiradi. Ularning huquq va erkinliklari himoyasini taʼminlashdja jiddiy toʻsiq va muammolar paydo boʻlishiga olib keladi.
Taʼbir joiz boʻlsa, oilaviy ajrimlar koʻpayishi omillaridan biri ham aynan sharʼiy nikohdir.
Muqaddas dinimiz qadriyatlariga koʻra, oilaja iymon-etiqod, dinu diyonat, poklik, halollik va diniy aqidalar barqaror boʻlishida sharʼiy nokohning ahamiyatini ifodalash uchun ortiqcha izohning hojati yoʻq.
Ammo sharʼiy nikoh oʻqishga davlat organlari tomonidan, yaʼni FXDYo idoralarida qonuniy nikoh rasmiylashtirilib, kelin-kuyovga nikoh guvoxnomasi taqdim etilganidan keyingina ruxsat berilshini aslo unutmaslik kerak. Bu qaʼtiy qoida amaldagi qonunchiligimizda mustahkamlangan.
Yana bir muxum jihat ham borki, sharʼiy nikoh FXDYo organi maʼlumotnomasi koʻrsatilganidan keyingina oʻqiladi. Shaʼriy nikohni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ruxsat etilgan diniy idora vakillari –imom va imom noibiga oʻqish huquqiga ega.
Nikoh va oila munosabatlari borasidagi muammolar, jiddiy nizolar, ajrimgacha borib, murosasizlik bilan tugaydigan aksariyat noxushliklaram koʻpincha nikohni qonuniy rasmiylashtirmasdan turib, faqat sharʼiy nikoh bilan kifoyalangan holda turmush qurish oqibatida kelib chiqadi.
Baʼzan shunday holatlar kuzatiladiki, sharʼiy nikoh orqali hayotini bogʻlab, xafta-oʻn kun yoki bir necha oygina yashab, ajrashib ketadiganlaram yoʻq emas.
Omonat qurilgan bunday oilalar ajrashganida yoki sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan, orada bir yoki bir necha farzandlar oʻrtada ayro tushganda, fuqarolik sudlarida bunday ishlarni koʻrish, tomonlar manfaatini qonun yshli bilan muhofaza qilish , farzandlarning moddiy taʼminoti uchun aliment belgilashda, majburiy ijro organlari tomonidan moddiy taʼminotni yoki boshqa bir huquq va majburiyatlardan boʻyin tovlaganlik holatida qonuniy chora koʻrishda muammolar yuzaga kelishi bor gap.
Shunday ekan,, unutmang qonun, huquq, muhofaza va kafolatdir. Qonunga amal qilish nafaqat oilaviy munosabatlarda, hayotdagi har qanday vaziyatda muammolarga yoʻliqmaslik, basharti, duch kelganingizda ham unga oson yechimlar topishda xizmat qiladi.
Xulosa oʻrnida yana bir karra sharʼiy nikoh oʻqish vakolatlari, FXDYo organi rasmiy maʼlumotnomasisiz nikoh oʻqimoqchi boʻlganlarga bunday qilmish javobgarlikka olib kelishini eslatib oʻtishni istardik.

Jurʼat Nafasov, Fukarolik ishlari buyicha Termiz tumanlararo sudi raisi

Mavzuga oid