Olimlar Altsgeymer kasalligini davolash usulini topdi
JSST maʼlumotlariga koʻra, sayyoramizda har 3 soniyada bir kishi Altsgeymer kasalligiga chalinadi. Hozir Yer yuzida 50 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Biroq 2030 yilga borib bu koʻrsatkich 65 million…
JSST maʼlumotlariga koʻra, sayyoramizda har 3 soniyada bir kishi Altsgeymer kasalligiga chalinadi. Hozir Yer yuzida 50 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Biroq 2030 yilga borib bu koʻrsatkich 65 million nafardan oshishi mumkin.
Altsgeymer koʻproq keksa yoshli insonlarda asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon boʻladi. Hozir dunyoda bu dardni erta bosqichda aniqlash va samarali davolash borasida izlanishlar olib borilyapti.
Yaqinda Rossiya olimlari belgiyalik va italiyalik hamkasblari bilan birgalikda Altsgeymerning davolash imkonsiz deb hisoblangan turini muolaja qilish usulini topdi.
Izlanishlar davomida olimlar inson miyasining bir qator retseptorlari faollashganda, Altsgeymer xastaligi bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlar teskari tomonga oʻzgarishini aniqlashga muvaffaq boʻldi.
Buning uchun miyadagi zarur hujayralarni faollashtirish maqsadida neyronlardagi maxsus amin retseptorlari, yaʼni aminokislotalar qoldiqlarini “uygʻotish” kerak boʻladi!
Hozircha ushbu yangilik jonivorlarda muvaffaqiyati sinovdan oʻtdi. Navbatdagi bosqichda tadqiqot samaradorligi insonlarda tekshiriladi.
Yakuniy natijalar ijobiy boʻlgach, ilmiy xulosa Altsgeymer kasalligini davolash uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar yaratishga yoʻnaltiriladi.