Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Ota xorijga chiqish uchun 50 million soʻm alimentni oldindan toʻladi

Majburiy ijro byurosi Uzun tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2020 yil oktyabr oyidagi sud buyrugʻiga asosan Murodullo Norqulovdan sobiq turmush oʻrtogʻi foydasiga voyaga…

Ota xorijga chiqish uchun 50 million soʻm alimentni oldindan toʻladi

Majburiy ijro byurosi Uzun tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2020 yil
oktyabr oyidagi sud buyrugʻiga asosan Murodullo Norqulovdan sobiq turmush oʻrtogʻi foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati muddatidan oldin tugatildi.
Aliment toʻlovchi ota horijiy davlatga chiqish istagida unga nisbatan qoʻllanilgan cheklov choralarini bekor qilishni soʻrab, Byuroning tuman boʻlimiga murojaat qildi.
Davlat ijrochilari amaldagi qonun tolablari boʻyicha yaʼni alimentlar oldindan toʻlangan yoki bu boʻyicha garov shartnomasi tuzilgan taqdirda xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanishi haqida tushuntirishlar berdi.
Qarzdor ota ushbu cheklovlarni bekor qilish maqsadida sobiq turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro kelishib, farzandlarining moddiy taʼminoti uchun18 yoshgacha boʻlgan 50 million soʻm aliment pulini oldindan toʻliq toʻlab berdi.
Shundan soʻng, mazkur aliment ijro hujjati ish yurituvdan tugatilib, Byuroning tuman boʻlimi tomonidan aliment toʻlovchi otaga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlar bekor qilindi.

Ulugʻbek Qirgʻizboyev,
Byuroning Uzun tuman boʻlimi davlat ijrochisi

Mavzuga oid