Ozarbayjon va Armaniston chegaralariga Rossiyaning qoʻshimcha kuchlari kiritiladi
Togʻli Qorabogʻda joylashishni yakunlagan rossiyalik tinchlikparvar kuchlar xalqaro gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun xavfsiz muhit yaratdilar. Yaqin kelajakda mintaqaning dolzarb muammolarini hal qilish uchun Moskva shuningdek…
Togʻli Qorabogʻda joylashishni yakunlagan rossiyalik tinchlikparvar kuchlar xalqaro gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun xavfsiz muhit yaratdilar. Yaqin kelajakda mintaqaning dolzarb muammolarini hal qilish uchun Moskva shuningdek vakillik delegatsiyasini yuboradi, deydi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 20 noyabr kuni Qorabogʻdagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari missiyasi boʻyicha yigʻilishda. Qayd etilishicha, Qorabogʻda joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon Prezidentlari va Armaniston Bosh vaziri oʻrtasida imzolangan sulhga rioya qilinmoqdaRossiyaning tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻ hududida joylashishni yakunladi, deya xabar qildi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Putinga. Viloyatga 1960 kishi va 552 ta texnika jalb qilingan, 23 ta kuzatuv punktlari jihozlangan. Oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzish va Qorabogʻdagi mojaro tomonlari aloqa chizigʻida provokatsiyalar qayd etilmagan, deydi tinchlikparvar kuchlar qoʻmondoni Rustam Murodov. Unga koʻra, “mayda hodisalar” joyida hal qilinmoqda. Bundan tashqari, yaqinda Ozarbayjon va Armaniston chegaralariga tinchlikparvar kuchlardan tashqari Rossiya chegarachilarining qoʻshimcha kuchlari ham kiritiladi. Putin taʼkidlaganidek, “gumanitar tashkilotlar ishchilari uchun xavfsiz sharoitlar yaratilgan”. Xalqaro yordamQorabogʻga yordam koʻrsatishda yetakchi rol Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasiga tegishli boʻlishi kerak, deydi Prezident. Boshqa tuzilmalar, shu jumladan, BMTning Qochqinlar boʻyicha idorasi, Gumanitar masalalar boʻyicha koordinatsiya, JSST, Jahon oziq-ovqat dasturi va BMTning minalarga qarshi kurashish xizmati undan oʻrnak olishlari kerak. Mintaqadagi tarixiy yodgorliklar va diniy qadamjolarni muhofaza qilishda UNESCO’ning ishtiroki “oʻta muhim”, deydi Putin. Moskva, shuningdek, BMTning Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) janglar boʻlib oʻtgan joylarda gumanitar muammolarni hal qilishga qoʻshilishini kutmoqda. “Rossiyaning saʼy-harakatlari va ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalarning ishtiroki Togʻli Qorabogʻ muammosini uzoq muddatli siyosiy yoʻl bilan hal qilishga yordam beradi”, deydi Putin. Unga koʻra keyingi bosqichlarda BMT Taraqqiyot dasturi oʻzining ijobiy rolini oʻynashi kerak. Shu bilan birga, u mojaroni hal qilish boʻyicha erishilgan kelishuvlarning bajarilishini sekinlashtirmoqchi boʻlganlarni ogohlantirdi: “faqat urush ularga muqobil tanlov boʻlishi mumkin. Agar Xudo saqlasin, urush boʻlsa, unda qurbonlarning qoni ushbu shartnomalarni “koptok” qilmoqchi boʻlganlarning qoʻlida boʻladi”.Rossiya allaqachon yordam bermoqda“Hozir mintaqada 135 mingga yaqin tinch aholi yordamga muhtoj, ulardan 90 mingga yaqini Armanistonga koʻchishga majbur boʻlgan”, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. 1992-1994 yillardagi urush paytida Qorabogʻni tark etgan qochqinlar alohida masala, deya esladi u. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Yevgeniy Zinichevning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda mintaqaga 30 minggacha odam qaytishi mumkin, garchi u yerda 5 mingga yaqin odamni joylashtirish mumkin boʻlsa ham, hozirda turli xil yoʻllar koʻrib chiqilmoqda, jumladan, oldindan tayyorlangan uy-joylarni qurish ham. Qayd etilishicha, bugun, 20 noyabr kuni insonparvarlik yuklari boʻlgan karvon Rossiyadan Qorabogʻ tomon joʻnab ketdi, yana biri ertaga, 21 noyabr kuni yubriladi. “Moskva mintaqaga moliyaviy yordam koʻrsatishi mumkin”. Moliya vaziri Anton Siluanov aniq takliflarni tayyorlashga vaʼda berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Armanistondan, avvalo, mojarolar tufayli uysiz qolganlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha soʻrovlar kelib tushgan. Shuningdek, Putin Bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novakka yoqilgʻi-energetika kompleksiga masʼul boʻlib, Yerevan bilan toʻqnashuvlar zonasida isitish masalalarini koʻrib chiqishni buyurdi. U mintaqa togʻli hudud ekani, allaqachon sovuq tushganini eslatdi. “Yaqin kelajakda Rossiya dolzarb muammolarni hal qilish uchun mintaqaga “vakillik delegatsiyasini” yuboradi”, deydi Putin. Davlat rahbari uning kim boʻlishini aniq aytmadi.