Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri general Yashar Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri boʻlgani bilan tabrikladi

Joriy yilning 23 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyuler oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat…

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri general Yashar Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri boʻlgani bilan tabrikladi

Joriy yilning 23 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyuler oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida general-leytenant B.Kurbanov general Yashar Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan samimiy tabrikladi.

Muloqot davomida vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy taʼlim yoʻnalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.

Suhbat yakunida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyulerni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga taklif qildi.

Mavzuga oid