Oʻzbekiston Prezidenti Malayziya Podshohi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Dubay shahrida oʻtayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin…
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Dubay shahrida oʻtayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari hamda ziyorat turizmi sohasida dasturlar amalga oshirilmoqda.
Sheriklik kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida kelgusi yilda Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda qoʻshma biznes forumini oʻtkazishga kelishib olindi.