Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonga kafolatlangan tinchlik kerak, birinchi navbatda xalqimni oʻylashga majburman – Shavkat Mirziyoyev

Navoiydagi saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Afgʻonistondagi vaziyatga toʻxtalib oʻtdi Afgʻonistondagi vaziyatni hammamiz koʻrib turibmiz. Qoʻshni tanlanmaydi-ku, qoʻshnimizda vaziyat yomon deb qayergadir…

Oʻzbekistonga kafolatlangan tinchlik kerak, birinchi navbatda xalqimni oʻylashga majburman – Shavkat Mirziyoyev

Navoiydagi saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Afgʻonistondagi vaziyatga toʻxtalib oʻtdi

Afgʻonistondagi vaziyatni hammamiz koʻrib turibmiz. Qoʻshni tanlanmaydi-ku, qoʻshnimizda vaziyat yomon deb qayergadir koʻchib keta olmaymiz-ku. Bundan 2 yil avval men “Tolibon” rahbariyat bilan muzokaralar olib borganimda hamma hayron boʻlgandi. Lekin bugungi kunga kelib toʻgʻri yoʻl tanlaganimiz maʼlum boʻldi. Men tinchlik boʻlishi uchun, jafokash afgʻon xalqiga ham yengillik boʻlishi uchun avvalgi rahbariyati bilan bir yilda olti martalab uchrashdim, gaplashdim.

Albatta, hamma davlat rahbari birinchi navbatda oʻz davlati haqida oʻylaydi. Men ham birinchi navbatda oʻz xalqimni oʻylashga majburman, menga kafolatlangan tinchlik kerak! Birorta oʻq otilmaydigan, barcha masalalar muzokaralar bilan hal boʻladigan tizim kerak.

Shu bilan birga, mudofaa tizimimizni isloh qilishda davom etamiz. Yaqin tarixni eslaylik, tank qismlaridagi askarlar tank minishmasdi, askarlar kartoshka tozalashardi. Bu sohada ham jiddiy islohotlar oʻtkazdik. Harbiylarimiz 42 davlat harbiylari oʻrtasidagi musobaqada 2-oʻrinni olganlari ham bejiz emas, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid