Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imiji bilan shugʻullanuvchi kengashga Tanzila Norboyeva rahbar boʻldi
Oʻzbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imiji bilan shugʻullanuvchi mazkur kengashga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rais…
Oʻzbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi.
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imiji bilan shugʻullanuvchi mazkur kengashga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rais boʻldi.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish;
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning oʻrniga taʼsiri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.