Polina Gagarinaning YouTube’dagi kanali ham bloklandi
YouTube videohostingi kecha, 4 iyul kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanktsiyalarining 14-paketiga kiritilgan qoʻshiqchilar Yaroslav Dronov (Shaman) va Polina Gagarinaning rasmiy kanallarini blokladi. Bu haqda “The…
YouTube videohostingi kecha, 4 iyul kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanktsiyalarining 14-paketiga kiritilgan qoʻshiqchilar Yaroslav Dronov (Shaman) va Polina Gagarinaning rasmiy kanallarini blokladi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.
“Mening YouTube kanalim rus boʻlganim uchun bloklandi”, deb yozdi Shaman oʻzining Telegram-kanalida hosting qaroriga izoh berib.
Oleg Gazmanov, Yuliya Chicherina va Grigoriy Leps, shuningdek, mehmonlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini ochiq qoʻllab-quvvatlayotgan “Empatiya Manuchi” shousining aktyori va muallifi Vyacheslav Manucharovning kanallari ham bloklangan.
OAV xabarlariga koʻra, rossiyalik sanʼatkorlarning rasmiy kanallari Litva radio va televideniye komissiyasining Google va YouTube’ga qilgan murojaatidan soʻng bloklab qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq mashhur Spotify musiqiy striming xizmati Rossiyaning Ukrainaga nisbatan ochgan urushini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 14-sanktsiyalar paketida nomi qayd etilgan rus sanʼatkorlarining sahifalarini oʻchirib yuborgandi.