Prezidentning haftalik ish grafigi maʼlum qilindi
Ayni payda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing boʻlib oʻtmoqda. Prezident matbuot kotibi dalat rahbarining joriy haftada ishtirok etishi…
Ayni payda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing boʻlib oʻtmoqda.
Prezident matbuot kotibi dalat rahbarining joriy haftada ishtirok etishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida maʼlum qildi.
Unga koʻra:
Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Bugun neft va gaz sohalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilishi moʻljallangan.
Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash hamda yoʻl boʻylarida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha taqdimotlar rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.