Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Pul deb salfetkaga aldangan ayol

R.B firibgarlik, yaʼni xavfli retsidivist boʻla turib, oʻzganing mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2021 yilning 5 mart kuni L.Gga oʻzini “Alisher” deb tanishtirib, uyida bir kecha…

Pul deb salfetkaga aldangan ayol

R.B firibgarlik, yaʼni xavfli retsidivist boʻla turib, oʻzganing mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2021 yilning 5 mart kuni L.Gga oʻzini “Alisher” deb tanishtirib, uyida bir kecha tunab qolish uchun joy soʻrab borib, guruch savdosi bilan shugʻullanishini, ayni vaqtda Xorazm viloyatidan “Kamaz” yuk mashinasida guruch mahsuloti olib kelayotgani sababli yukni qabul qilib olish, yoʻl xaqi va boshqa xarajatlar uchun mayda kupyurada pul mablagʻi kerakligini, yonida 100.000.000 soʻm puli boʻlsada ularni yirik kupyuradagi pullar ekanligini aytib, L.Gning ishonchiga kirib, aldab unga qora rangli tselofan paketga oʻralgan skotchlangan 100.000.000 soʻm pulni saqlab turishlik uchun topshirib, L.Gning 18.500.000 soʻm naqd puli hamda bozor narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung A30” rusumli telefon apparatini qoʻlga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Eng qizigʻi, R.B tomonidan 100.000.000 soʻm deb qoldirib ketilgan tselofan paket ochib koʻrilganda ichida 4 dona qoʻl artadigan nam lattalar (vlajniy salfetka) borligi aniqlangan.
Sudlanuvchi R.B Oʻzbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga ushbu modda bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi R.Bdan jabrlanuvchi L.G foydasiga 21.500.000 soʻm undirish belgilandi.
Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qattiq tartibli koloniyalarda oʻtalishi belgilandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa
tuman sudi raisi Avezov Adiz Murodbekovich

Mavzuga oid