Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Putin salkam yarim asr deganda ilk bor Shimoliy Koreyaga bordi (video)

Tashrifning rasmiy qismi 19 iyun kuni tushda Putin va Kim Chen Inning uchrashuv marosimi bilan boshlanadi. Anʼanaga koʻra, Rossiya va KXDR madhiyalari yangraydi, faxriy qorovul saf tortadi, davlat rahbarlariga ikki davlat…

Putin salkam yarim asr deganda ilk bor Shimoliy Koreyaga bordi (video)

Tashrifning rasmiy qismi 19 iyun kuni tushda Putin va Kim Chen Inning uchrashuv marosimi bilan boshlanadi. Anʼanaga koʻra, Rossiya va KXDR madhiyalari yangraydi, faxriy qorovul saf tortadi, davlat rahbarlariga ikki davlat delegatsiyalari tanishtiriladi.

Keyin qarorgohda Rossiya—Koreya muzokaralari boshlanadi.

Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning butun tarixi davomida bu Putinning Pxenyanga 2000 yildan keyingi birinchi tashrifi hisoblanadi. 

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov tashrif dasturida juda qizgʻin, muzokaralar, eng muhimi, Putin va Kim Chen In oʻrtasida norasmiy yakkama-yakka muloqot koʻzda tutilganini aytdi. 

“Aytgancha, yetakchilar oʻrtasidagi norasmiy muloqotga koʻp vaqt ajratiladi, chunki delegatsiyalarning ayrim aʼzolari ishtirok etishi mumkin boʻlgan ushbu muzokaralar davomida eng muhim, eng nozik masalalar muhokama qilinadi”, — dedi Ushakov. 

Eng muhim hujjatlardan biri bu Rossiya va KXDR oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi yangi shartnomadir. Bitim Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasida 1961, 2000 va 2001 yillarda imzolangan fundamental hujjatlar oʻrnini egallaydi.

Ushakovning soʻzlariga koʻra, yangi shartnoma “dunyo va mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning chuqur evolyutsiyasi, shuningdek, soʻnggi paytlarda ikki tomonlama munosabatlarda yuz bergan sifatli oʻzgarishlari bilan belgilanadi. Bu tabiiy ravishda xalqaro huquqning barcha fundamental tamoyillariga mos keladi, hech qanday qarama-qarshilik xarakteriga ega boʻlmaydi, hech bir davlatga qarshi qaratilmaydi, balki Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasida yanada barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan boʻladi. Shartnoma imzolansa, u kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab beradi va u, tabiiyki, soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida xalqaro siyosat, iqtisodiyot, barcha yoʻnalishlar boʻyicha munosabatlar, jumladan xavfsizlik masalalarini hisobga oladi”, — degan u.

Mavzuga oid