Qodirov jiyanini Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov respublika Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlanganini maʼlum qildi. Hamzat Qodirov Checheniston rahbarining yordamchisi lavozimida ham ishlaydi. Ilgari…
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov respublika Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlanganini maʼlum qildi.
Hamzat Qodirov Checheniston rahbarining yordamchisi lavozimida ham ishlaydi.
Ilgari Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini respublika rahbarining amakivachchasi Turpal-Ali Ibragimov egallab kelgan, u endi Shalinskiy tumanini boshqaradi.
“Ularning (Ibragimov va Qodirov) ikkalasi ham rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega va oʻzlariga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni uddasidan chiqishadi”, deb yozdi Checheniston rahbari.
Maʼlumot uchun, 10 may kuni Checheniston Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov Ramzan Qodirov jiyaniga “Jasorat” ordenini topshirgani haqida xabar berdi. Orden bilan taqdirlash haqidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan.
2023 yilda Hamzat Qodirov II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan, shuningdek, Checheniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Bundan biroz oldin u Checheniston mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan.
2020 yil fevral oyida oʻsha paytda 23 yoshda boʻlgan Hamzat Qodirov Checheniston sport vazirligini boshqargan edi.