Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qozogʻistonda raqamli tanga chiqarildi

Olmaotada Qozogʻiston moliyachilarining XI Kongressida raqamli tangani muomalaga kiritish marosimi boʻlib oʻtdi. Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston Milliy banki ikkilamchi banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli…

Qozogʻistonda raqamli tanga chiqarildi

Olmaotada Qozogʻiston moliyachilarining XI Kongressida raqamli tangani muomalaga kiritish marosimi boʻlib oʻtdi. Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston Milliy banki ikkilamchi banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli tanga platformasini sinovdan oʻtkazdi. Taʼkidlanishicha, raqamli tanga naqd va naqd pulsiz toʻlovlarning mavjud afzalliklarini oʻzida mujassam etgan.

Manzilli ijtimoiy toʻlovlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, davlat xaridlari samaradorligini oshiradi, dasturlashtiriladigan toʻlovlarni yaratadi. Raqamli tanganing uch bosqichli amalga oshirilishi 2025-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Maʼlumot uchun: raqamli tanga bu: Naqd pul muqobili, lekin u qogʻoz koʻrinishida qoʻldan-qoʻlga oʻtmasdan, bank ichida aylanadi; Toʻlovlarni telefon va mobil ilova yordamida, internetsiz amalga oshirish mumkin; Bu kriptovalyuta emas va undan farqli oʻlaroq davlat kafolati ostida;
Raqamli tangani oʻgʻirlashning iloji yoʻq.

Mavzuga oid