Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Qozogʻistonda sovuq sabab yoʻlda qolib ketgan avtobusdan oʻzbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Qozogʻistonda 9 dekabr kuni sovuq tufayli yoʻlda qolib ketgan avtobusdan 28 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, avtobus noqulay ob-havo sababli Oqmola viloyatida,…

Qozogʻistonda sovuq sabab yoʻlda qolib ketgan avtobusdan oʻzbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Qozogʻistonda 9 dekabr kuni sovuq tufayli yoʻlda qolib ketgan avtobusdan 28 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, avtobus noqulay ob-havo sababli Oqmola viloyatida, Ostona—Petropavlovsk avtomobil yoʻlining nazorat-oʻtkazish punktida toʻxtab qolgan. Evakuatsiya qilinganlarning 26 nafari Tojikiston, ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

Yoʻlovchilardan birining aytishicha, fuqarolar avtobusda 3 soatdan ortiq toʻxtab qolgan. Ular Kokshetau shahridagi isinish punktiga olib kelinib, ovqat va yotoq bilan taʼminlangan.

Mavzuga oid