Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qumqoʻrgʻonda tadbirkor foydasiga 1 milliard 110 million soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi.

Qumqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Termiz Jayxun Cluster” masʼulyati cheklangan jamiyati Qiziriq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Surxon Cotton Textile Cluster”masʼulyati cheklangan jamiyati bilan oʻzaro shartnoma…

Qumqoʻrgʻonda tadbirkor foydasiga 1 milliard 110 million soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi.

Qumqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Termiz Jayxun Cluster” masʼulyati cheklangan jamiyati Qiziriq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Surxon Cotton Textile Cluster”masʼulyati cheklangan jamiyati bilan oʻzaro shartnoma asosida belgilangan ishlarni muddatida bajarib kelgan.
Biroq, koʻrsatilgan xizmatlar va xomashyo mahsulotlari uchun “Surxon Cotton Textile Cluster”MChJ tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi sababli ushbu masala Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudida tartibida xal etilib, “Termiz Jayxun Cluster” MChJ foydasiga jami 1 milliard 111 million 534 ming soʻm qarz undirish belgilandi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qiziriq tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor jamiyat rahbari ogohlantirildi.
Belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik toʻlab berilmaganligi sababli majburiy ijro etish choralari koʻrilib,“Surxon Cotton Textile Cluster” MChJningbarcha hisob raqamlariga band solindi hamda inkassa topshiriqnomalari yuborildi.
Shundan soʻng, inkasso topshiriqnomalariga asosan Qumqoʻrgʻonlik tadbirkor foydasiga qarzdorlik toʻliq undirib berildi.

Islomiddin Zayniddinov,
Byuroning Qiziriq tuman boʻlimi davlat ijrochisi.

Mavzuga oid