Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar eʼlon qilindi
Madaniyat va turizm vazirligi hamda qator davlat tashkilotlar hamkorligida aholining Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun mamlakat boʻylab maxsus chegirmalar eʼlon qilindi. Qurbon…
Madaniyat va turizm vazirligi hamda qator davlat tashkilotlar hamkorligida aholining Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun mamlakat boʻylab maxsus chegirmalar eʼlon qilindi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 2023 yil 28 iyundan – 2 iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilindi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Qurbon hayiti bayrami arafasida yoʻlovchilarga yanada koʻproq qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 26 iyun kunidan 3 iyul kuniga qadar “Toshkent – Qarshi – Toshkent”, “Samarqand – Toshkent – Samarqand” hamda “Toshkent – Namangan – Toshkent” yoʻnalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarning qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.