Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Quvaytning yangi amiri qasamyod qabul qildi

Bugun Mashaal al-Jobir al-Ahmad al-Saboh Quvayt Milliy Assambleyasi oldida qasamyod qildi. Bu haqda Quvayt televideniyesi xabar bermoqda. Milliy televideniye orqali jonli efirda qasamyod qilar ekan Saboh, “Xalqimiz…

Bugun Mashaal al-Jobir al-Ahmad al-Saboh Quvayt Milliy Assambleyasi oldida qasamyod qildi. Bu haqda Quvayt televideniyesi xabar bermoqda. 

Milliy televideniye orqali jonli efirda qasamyod qilar ekan Saboh, “Xalqimiz erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz yerlarida tinchlik uchun xizmat qilishga qasamyod qilaman” dedi. 

Quvaytning yangi amiri 2020 yil oktyabr oyida valiahd shahzoda boʻldi. U mamlakatni 1921-1950 yillarda boshqargan, Quvayt amiri Ahmad Al-Jobir Al Muborak Al Sabohning yettinchi oʻgʻli hisoblanadi.

Saboh Britaniya taʼlim muassasalaridan birining politsiya boʻlimini bitirgan va Quvayt Ichki ishlar vazirligida 20 yilga yaqin turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, u 2004 yilda Milliy gvardiya boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan va uzoq vaqt davomida ushbu tizimni takomillashtirish ustida ishlagan. 

Mavzuga oid