Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Ramzan Qodirovning 3 oʻgʻli Checheniston parlamentining oliy ordeni bilan taqdirlandi

Ramzan Qodirovning uch oʻgʻli – Axmat, Eli va Adam Checheniston parlamentining oliy “Daymexkan Siy” (Shre-sharaf) ordeni bilan taqdirlandi, dedi respublika Matbuot vazirligi rahbari Axmed Dudayev. “Axmat, Eli va Adam…

Ramzan Qodirovning uch oʻgʻli – Axmat, Eli va Adam Checheniston parlamentining oliy “Daymexkan Siy” (Shre-sharaf) ordeni bilan taqdirlandi, dedi respublika Matbuot vazirligi rahbari Axmed Dudayev.
“Axmat, Eli va Adam yosh avlod uchun yorqin namunadir! Ular bolalikdan din qonunlarini oʻrgandilar, Qurʼoni Karimning hofizi boʻlib, oʻqish, sport va ijtimoiy faoliyatda muvaffaqiyat qozondilar. Ular ham Qodirovlar oilasining boshqa vakillari kabi har bir harakatida Vatan manfaatlariga xizmat qilishga intilayotgan xalqimizning haqiqiy iftixoridir!”, deb yozadi Dudayev.
Axmat Qodirov 18 yoshda, Eli esa 16 yoshda. Grozniy tergov izolyatorida hibsga olingan Nikita Juravelni kaltaklagan 15 yoshli Adam uchun bu soʻnggi vaqtlardagi oltinchi mukofotdir.
Sentyabr oyi oxirida Ramzan Qodirov Adam Qodirov tergov izolyatorida Qurʼonni yoqib qoʻygani uchun hibsga olingan Nikita Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni eʼlon qildi. Keyin Checheniston rahbari oʻgʻli bilan faxrlanishini aytdi.
Oʻshanda Adam Qodirovga Checheniston Qahramoni unvoni berilgan. Keyinchalik u Tatariston va Karachay-Cherkesiyada mintaqaviy mukofotlarga sazovor boʻldi. 5-noyabr kuni u Ramzan Qodirov qoʻriqlash xizmatida “masʼul lavozimga” tayinlangan edi. 7-noyabr kuni Checheniston rahbarining oʻgʻli Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun va 1-darajali Ummat oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.
Eslatib oʻtamiz, sal avval Ramzan Qodirov 20 yoshli qizi Xutmat Qodirovaga sogʻliqni saqlash tizimini boshqarishni topshirgan, 24 yoshli qizini esa bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlagan edi.

Mavzuga oid