Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Respublika maktablarining 90 foiziga optik tolali internet tarmogʻi yetkazilmoqda – Vazirlar Mahkamasi

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi davlat dasturining 2021 yil birinchi yarim yilligi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitildi. Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev birinchi yarim yillik…

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi davlat dasturining 2021 yil birinchi yarim yilligi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitildi. Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev birinchi yarim yillik hisobotini oʻqib eshittirdi.

Unda taʼkidlanishicha, respublikada maktabgacha taʼlim qamrovini yil oxiriga qadar 60 foizdan 67 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun 225ta MTT qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilmoqda va natijada 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
«Maktabgacha taʼlim qamrovini yil boshidagi 60 foizdan yil yakuniga qadar 67 foizga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shunga asosan 2021 yilning oʻzida 225ta MTT qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilmoqda. Prezident qaroriga muvofiq MTT bilan qamrov darajasi past boʻlgan 53ta tumanda alohida manzilli ish olib borish belgilangan. Unga asosan 2021-2022 yillarda 2 mingta oilaviy nodavlat MTT faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi oʻrinlar yaratiladi.

Umumiy quvvati 11 ming oʻrindan ziyod boʻlgan 100ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bogʻchalar ish boshlaydi. Shuningdek, quvvati 7,5 ming oʻringa teng boʻlgan 50ta MTT yangi quriladi. Qolaversa, davlat va nodavlat MTT tarmogʻini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi va 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi», deyiladi hisobotda.

Hukumat hisobotida xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar amalga oshirilgani, 90 foiz maktablarga optik tolali internet tarmogʻi yetkazilayotgani aytildi.

«Respublikaning 90 foiz umumtaʼlim maktablariga yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmogʻi yetkazilmoqda hamda 2550ta taʼlim muassasasi ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalari bilan taʼminlandi.

Oliy taʼlim bilan qamrovni oshirish maqsadida prezident qarori qabul qilindi. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab OTMlarga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 25 foizga oshirildi. Raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, oʻtgan yili jami qabul koʻrsatkichi 150 boʻlsa, joriy yil 180 ming rejalashtirilmoqda», dedi Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev.

Mavzuga oid