Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Rossiya Afgʻonistonga chegaradosh davlatlarni oʻz hududiga AQSh va NATOni kiritmaslikka chaqirdi

Rossiya Afgʻonistonga chegaradosh davlatlarni oʻz hududiga AQSh va NATO harbiy kuchlarini kiritmaslikka chaqirdi. Buni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chorshanba kuni Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar yigʻilishi qatnashchilariga…

Rossiya Afgʻonistonga chegaradosh davlatlarni oʻz hududiga AQSh va NATO harbiy kuchlarini kiritmaslikka chaqirdi. Buni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chorshanba kuni Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar yigʻilishi qatnashchilariga qilgan videomurojaatida aytib oʻtgan.

“Biz yana bir bor Afgʻonistonga qoʻshni davlatlarni afgʻon zaminidan ketgach qaytishni rejalashtirayotgan AQSh va NATO harbiy kuchlarini oʻz hududiga qoʻymaslikka chaqiramiz”, – deydi Lavrov oʻz videomurojaatida.

Uning fikricha, AQSh Afgʻonistonni oʻz geosiyosiy masalalarini hal etishda vosita sifatida koʻradi xolos.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar yigʻilishi qatnashchilari safida Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston qatori Oʻzbekiston ham bor.

Mavzuga oid