Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Rossiya AQShga Ukraina boʻyicha muzokaralarga tayyor ekanini ochiq aytdi – “Bloomberg”

Rossiya rasmiylari norasmiy kanallar orqali AQSh rahbariyatiga Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha muloqotga, jumladan, Kiyev uchun boʻlajak xavfsizlik choralarini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu…

Rossiya AQShga Ukraina boʻyicha muzokaralarga tayyor ekanini ochiq aytdi – “Bloomberg”

Rossiya rasmiylari norasmiy kanallar orqali AQSh rahbariyatiga Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha muloqotga, jumladan, Kiyev uchun boʻlajak xavfsizlik choralarini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Kremlga yaqin oʻz manbalariga tayanib, xabar berdi.
Agentlik manbalariga koʻra, Moskvadan kelgan “signallar” oʻtgan oy Vashington tomonidan nomaʼlum vositachi orqali olingan.

“Bloomberg” suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Rossiya katta ehtimollik bilan Ukrainaning neytral maqomi va Kiyevning NATOga qoʻshilmaslik talabidan voz kechish imkoniyatiga yoʻl qoʻyishi mumkin, ammo hozirda Rossiya qoʻshinlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarni tan olishni talab qiladi (Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari).
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qrimning maqomini hech qanday tarzda muhokama qilishga tayyor emas.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi agentlikka Rossiya tomonining bunday “signallari” haqida maʼlumotga ega emasligini aytgan.
“Rossiya pozitsiyasida tasvirlangan oʻzgarishlardan xabardor emasmiz. Rossiya bilan qachon va qanday muzokara olib borishni Ukrainaning oʻzi hal qiladi”, deydi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edriyenn Uotson “Bloomberg” bilan suhbatda.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa agentlikka “Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha muzokaralar uchun ochiq boʻlgan va shunday boʻladi” deya javob bergan.
“Biroq u oʻz maqsadlariga erishilgunga qadar “harbiy amaliyot”ni davom ettirishga qaror qildi”, deydi Peskov.

Mavzuga oid