Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Rossiyada Hamster Combat oʻynagan bola vafot etdi

Rosiyaning Samara viloyatida 13 yoshli oʻsmir vafot etdi. Bu haqda zamon.uz habar berdi. U oʻyinga shunchalik mukkkasidan ketgan ediki, zaryadkada turgan telefoni bilan vannaga kirgan. Shu payt telefon bolaning qoʻlidan suvga…

Rossiyada Hamster Combat oʻynagan bola vafot etdi

Rosiyaning Samara viloyatida 13 yoshli oʻsmir vafot etdi. Bu haqda zamon.uz habar berdi.

U oʻyinga shunchalik mukkkasidan ketgan ediki, zaryadkada turgan telefoni bilan vannaga kirgan.

Shu payt telefon bolaning qoʻlidan suvga tushib ketib, elektr toki urgan va voqea joyida vafot etgan.

Zudlik bilan chaqirilgan shifokorlar oʻsmirning hayotini saqlab qola olishmadi, ular faqat oʻlim holatini tasdiqlashdi xolos.

Marhumning ota-onasi soʻnggi paytlarda bolani oʻyindan uzoqlashtirishning iloji boʻlmaganini aytishgan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Rossiyaning Tyumen viloyatida Hamster Combat oʻyiniga berilib ketgan bola kam uxlash oqibatida ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid