Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Rossiyada sud bozorda urushga qarshi gapirgan va Putinning qarorlarini tanqid qilgan Tojikiston fuqarosini hibsga oldi

Novosibirskning Kalininskiy tuman sudi Tojikiston fuqarosini bezorilik (Jinoyat kodeksining 213-moddasi 1-qismi «b» bandi) va harbiy “feyklar” (JK 207.3-moddasi 2-qismi «d» bandi) ishi boʻyicha hibsga oldi. Bu haqda shahar…

Rossiyada sud bozorda urushga qarshi gapirgan va Putinning qarorlarini tanqid qilgan Tojikiston fuqarosini hibsga oldi

Novosibirskning Kalininskiy tuman sudi Tojikiston fuqarosini bezorilik (Jinoyat kodeksining 213-moddasi 1-qismi «b» bandi) va harbiy “feyklar” (JK 207.3-moddasi 2-qismi «d» bandi) ishi boʻyicha hibsga oldi. Bu haqda shahar sudlari matbuot xizmati xabar beradi.

Xavfsizlik xodimlarining soʻzlariga koʻra, 2022 yilning fevralidan 2024 yilning apreligacha bu shaxs Novosibirskdagi ikkita savdo markazida “maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlari, usullari va borishi toʻgʻrisida qasddan yolgʻon maʼlumot tarqatgan”. Bundan tashqari, u soʻkingan, rus ayollarini haqoratlagan, Rossiya hukumati va Vladimir Putinning qarorlarini qoralagan.

Sib.fm resursi bu odamning ismi Dalerjon Archilov ekanligini maʼlum qilgan. 2012 yildan beri Rossiyada istiqomat qiladi. Nashrning yozishicha, 2024 yilda erkak Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza bergan. Archilovning taʼqib qilinishi haqidagi maʼlumotlar 30 mart kuni paydo boʻlgan.

Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hibsga olinishidan oldin u oziq-ovqat bozorida “ishlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarsiz” ishlagan.

Mavzuga oid