Rossiyaning mudofaa chizigʻi, ayniqsa, minalangan maydonlar juda kuchli» Aleksiy Reznikov
Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan qarshi hujumdan natija kutilayotganini maʼlum qildi. U jangovar harakatlar…
Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan qarshi hujumdan natija kutilayotganini maʼlum qildi.
U jangovar harakatlar jarayonida turli holatlar va turli toʻsiqlar borligini tushuntirdi. Xususan, u Rossiya Qurolli kuchlarining mudofaa chizigʻi, ayniqsa, minalangan maydonlar juda kuchli ekanligini aytdi. Ukraina mudofaa vaziri Ukraina Qurolli kuchlarining amaldagi harakatlari asosiy hujum ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi va bu yil ham Ukrainadagi mojaroning oqibati uchun hal qiluvchi voqealar yuz berishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.