Samarqand viloyati byudjetidan sardobaliklar uchun 5 milliard soʻm ajratildi
Bugun, 2 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi sessiyasida Sardoba ahliga koʻmaklashish xayriya jamgʻarmasiga viloyat byudjetining 2020 yil birinchi chorakdagi daromadlar rejasining oshirib bajarilgan…
Bugun, 2 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi sessiyasida Sardoba ahliga koʻmaklashish xayriya jamgʻarmasiga viloyat byudjetining 2020 yil birinchi chorakdagi daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan 5 millard soʻm pul koʻchirish taklifi oʻrtaga tashlandi va bu taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
- Ogʻir kunda yelkadosh boʻlish xalqimizning noyob qadriyatlaridan biri. Bu koʻmakni allaqachon boshlab yuborgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali va boshqa shakllarda jabrlanganlarga maʼnaviy madad berib turgan viloyatimiz ziyolilari va aholisiga minnatdorchilik bildiraman, – dedi sessiya ishida qatnashgan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov.