SAVOL: Bank plastik kartasi orqali toʻlov qilinganda QR kodli chek berilmaydimi?
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini…
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5813-sonli farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan eʼtiboran naqd pul tushumiga ega boʻlgan barcha tadbirkorlik subʼektlari onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishlari lozim.
Onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʻtgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan toʻlov terminali orqali qabul qilingan toʻlovlar uchun xaridorlarga toʻlov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 oktyabr kunidagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5252-sonli qaroriga koʻra nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzganlik, naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qoʻllanilganlik yoki markirovka mavjud emasligi toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur (“Soliq hamkor”) orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu maʼlumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik boʻyicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot puli Respublika byudjetidan toʻlanishi belgilangan.
Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati